“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 19:36
ЎЗO‘Z

Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida — Prezident

17 iyul, 15:54 6 197 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida — Prezident Prezident 11 yillik maktablarda o‘quv dasturlarini puxta ishlab chiqish, ularni sifatli adabiyotlar bilan ta’minlashga topshiriq berdi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.

Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida. O‘zi tanlasin, muhimi, ularni tarbiyali, ota-onasini hurmat qiladigan, vatanparvar qilib voyaga etkazishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shanba kuni Toshkentning Yunusobod tumaniga tashrifi jarayonida davlat rahbari mamlakatda 11 yillik maktab ta’limini tashkil etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot Yunusobod tumanining «Islomobod» mahallasidagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zA.

«Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar etishib chiqqan. Yoshlarimizni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim», — dedi Prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda maktab tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Maktabda o‘quvchi ma’lum muhitda shakllanadi. O‘qituvchi va ota-onasining doimiy nazoratida bo‘ladi. Maktabdan so‘ng kollej yoki liseyda — boshqa muhit. Shuning uchun ota-onalar, keng jamoatchilik fikri, taklifi asosida 11 yillik maktab ta’limi qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.

Taqdimotda 11 yillik maktablarda o‘quv dasturlarini puxta ishlab chiqish, ularni sifatli adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. O‘quvchilar maktab qoshida yoki yaqin atrofdagi kasb-hunar kollejida tashkil etiladigan o‘quv ishlab-chiqarish majmualarida haftasiga bir marta turli mutaxassisliklarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Islomobod mahallasida 3 ming 165 aholi istiqomat qiladi. Lekin mahalla hududida maktab yo‘q. Yoshlar boshqa mahallalardagi maktablarga qatnashga majbur. Uchrashuvda mahalla faollari, ota-onalar hududdagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini 11 yillik maktabga aylantirish taklifini bildirdi. Prezident ushbu taklifni ko‘rib chiqish uchun mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Davlat rahbariga 11 yillik maktab ta’limi, Mudofaa vazirligi huzurida «Temurbeklar maktabi"ni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar haqida ham ma’lumot berildi.

Prezident shu erda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bir guruh faollari bilan uchrashdi. Unda iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uy-joy bilan ta’minlash, poytaxtimizda yosh kompozitorlar uyini tashkil etish va boshqa masalalar haqida so‘z bordi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Maktablarda gastarbayterlik fanini kiritish taklif etildi 10 fev, 22:10
  • Prezident kollejlar quruq diplom beradigan dargohga aylanib qolganini tanqid qildi 08 dek, 23:23
  • Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga boradi 09 fev, 11:24
  • Kasb-hunar kollejlarida ta’lim muddati minimumgacha qisqaradi 26 yanv, 08:04
  • Lisey va kollejlarga 9-sinf bitiruvchilarining 74 foizi hujjat topshirib bo‘ldi 18 iyul, 13:50
  • ​11 yillik ta’limga o‘tish munosabati bilan bo‘shagan kollejlar o‘rnida nima tashkil etiladi? 01 iyul, 13:16
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video) 14 мая, 18:30 0
  • Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi 14 мая, 17:47 63
  • Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda 14 мая, 17:15 191
  • «Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov 14 мая, 16:35 231
  • Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin 14 мая, 16:06 180
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 367
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 368
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 431
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 281
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 240
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 387
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 465
  • Bo‘limlar