“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:48
ЎЗO‘Z

Merkel Ivanka Tramp otasi o‘rnini egallashiga munosabat bildirdi

09 iyul, 15:21 6 768 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Merkel Ivanka Tramp otasi o‘rnini egallashiga munosabat bildirdi Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka «Katta yigirmatalik» sammiti marosimlaridan biri vaqtida otasi o‘rnini egallaganiga munosabat bildirdi.

«Ivanka Tramp — AQSh delegasiyasi a’zosi. U Oq uyda ishlaydi va bir qator tashabbuslarga javobgar hisoblanadi», — degan kansler. U bunday holat boshqa delegasiyalarda ham kuzatilishi mumkinligi, bu tartiblarga zid emasligini qo‘shimcha qilgan.

8 iyul kuni Rossiyaning G20’dagi vakillaridan biri Svetlana Lukash o‘z tvitterida Ivanka Tramp sammit vaqtida Afrika, migrasiya va sog‘liqni saqlash masalalari muhokama qilingan uchrashuvda otasi o‘rnini egallagani haqida yozdi. «Ivanka Trampga hamrohlik qildi va u o‘rnidan turib ketganida, otasining joyiga o‘tirdi», — deb yozgandi Lukash o‘z tvitterida.

Ivanka Tramp — prezident Trampning chexoslovakiyalik sportchi va fotomodel Ivana Zelnichkova bilan nikohidan tug‘ilgan to‘ng‘ich qizi hisoblanadi. Otasi davlat rahbari lavozimiga saylangach, u jamoatchilik asosida uning yordamchisi bo‘lib ishlamoqda. Bir qator siyosatchilarning fikricha, u otasi va umuman, Oq uy siyosatiga ulkan ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner Trampning maslahatchisi lavozimida. Ivanka va Jared prezident ma’muriyati a’zolari sifatida maosh olishmaydi.

Donald Trampning o‘zi ham bir necha bor qizi bilan juda faxrlanishini aytib o‘tgan. Kunlarning birida, agar Ivanka uning qizi bo‘lmaganida, qiz qaytaga osonroq ishlagan bo‘lardi, deb hazilomuz ohangda iqror bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 108
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 95
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar