“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:43
ЎЗO‘Z

Polisiyachi ayol sobiq erining o‘ynashini o‘ldirishi uchun killerga 200 ming rubl haq va’da qildi…

04 iyul, 00:03 6 295 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Polisiyachi ayol sobiq erining o‘ynashini o‘ldirishi uchun killerga 200 ming rubl haq va’da qildi… Ayni kunlarda bu ish bilan Moskva shahar tergov qo‘mitasi vakillari shug‘ullanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, polisiya mahkamasida xizmat qiladigan kinolog ayol erining boshqa ayol bilan don olishib yurganini payqab qolgan. U ham polisiyada xizmat qilarkan. «Er bermoq — jon bermoq», deb bekorga aytishmagan-da! Eri bilan birga yashamayotganiga qaramay, killer yollab, raqibasini o‘ldirish payiga tushdi. Killerga bu ishi uchun 200 ming rubl miqdorida haq to‘lashini aytdi.

Ha, u killer topishning boshqacharoq yo‘lini tanladi. Internetga e’lon joylashtirib, xizmat haqi 200 ming rubldan iborat bo‘lishini ham tirkab qo‘ydi. Ko‘ribsizki, harbiy o‘quv yurtlaridan birida o‘qiydigan talaba yigit bu ishning nimaligi bilan qiziqib, e’lon ostidagi elektron manzilga maktub yozdi. Va haq qotillik uchun berilishidan xabar topdi. Rozi bo‘ldi. Faqat ayoldan o‘ldirilishi zarur bo‘lgan odamning suratini so‘radi. Ammo ish negadir cho‘zilib ketdi. Oradan bir necha oy o‘tgach, talaba yigit negadir bu haqda polisiya xodimlariga xabar berishni ma’qul topdi.

Juda tez fursatda ekspertiza kerakli xulosalarni tergov qo‘mitasiga etkazdi. Ayol qo‘lga olindi. Tergovda aytdiki, eri tashlab ketgan va o‘zi bilan birga ishlaydigan polisiyachi ayolga ko‘ngil qo‘ygan. Undan bir o‘g‘li bor, ammo o‘g‘lini tan olishni istamayapti. Yordam ham bermaydi. Ayol bularning barchasini sudga yo‘llagan arizasiga ham kiritgandi. Sud uning foydasiga hukm e’lon qildi. Sobiq eridan aytilgan muddatgacha nafaqa undiriladigan bo‘ldi.

Ayolning o‘ziga kelsak, polisiyadan haydaldi. Sud jarayoni tugaguncha tilxat asosida ozodlikda qoladigan bo‘ldi.

Manba: hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 2
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar