“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yo‘llarga qo‘yiladigan kameralar qonuniylashtiriladi

31 iyul, 00:04 8 369 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yo‘llarga qo‘yiladigan kameralar qonuniylashtiriladi O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati qoidalarini buzgan va avtomatlashgan tizimda qayd etilgan shaxslarni javobgarlikka tortish, shuningdek, u orqali olingan ma’lumotlarni ma’muriy (og‘ir hollarda jinoiy) ish bo‘yicha dalil sifatida tan olish haqida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqda "UzDaily"ga asoslanib "Daryo" xabar bermoqda.

Nashr eslatishicha, Toshkentda «Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish» loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning vazifalaridan biri — yo‘l harakatini video orqali kuzatish, qoidabuzarliklarni video orqali qayd etish. Biroq avtomatlashtirilgan tizim ishi hozircha qonuniy jihatdan mustahkamlanganicha yo‘q.

Tizimning texnik imkoniyatlari qoidabuzarlik sodir etgan haydovchini aniqlashga etmaydi. Bitta transport vositasini boshqarish huquqi bir necha kishida bo‘lganda qoidabuzarlikka aloqadorlikdan bosh tortish va aybdorni javobgarlikka tortishning imkonsizligi holatlari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham, Ma’muriy javobgarlik kodeksini 17¹-modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda, u yo‘l harakati qoidalari buzilganligi har gal videokuzatuv orqali qayd etilganida transport vositasi egasiga javobgarlik yuklaydi. Shu bilan birga, o‘sha vaqtda avtomobilni boshqarayotgan shaxs aniqlansa yoki transport o‘g‘irlangan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Qoidabuzarlik video orqali qayd etilganda avtomatik ravishda jarima to‘g‘risida elektron hujjat yozilib, protokol tuzilmasdan uch kun ichida pochta orqali transport egasiga jo‘natilishi, qoidabuzarlik uchun jarima ixtiyoriy ravishda to‘lanishi uchun 60 kunlik muddat ajratilib, bu vaqt ichida to‘lanmagan taqdirda transport vositasini to‘lov to‘liq amalga oshirilguncha majburan ushlab turish kabi me’yorlar kiritilishi taklif etilgan.

Shuningdek, kodeksning 36-moddasiga kiritiladigan o‘zgartirish yo‘l-harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo qoidabuzarlik amalga oshirilgan kundan boshlab bir yil ichida qo‘llanilishini ta’minlaydi (hozir ikki oy ichida).

Shuningdek, boshqa qator vaziyatlarni nazarda tutib, kodeksning 28, 128³, 245, 248, 256 va 294-moddalariga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 182
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 370
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar