“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:20
ЎЗO‘Z

Iroqlik harbiylar Mo‘sul IShIDdan ozod etilganini e’lon qildi

29 iyun, 21:34 6 131 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iroqlik harbiylar Mo‘sul IShIDdan ozod etilganini e’lon qildi Iroq Mudofaa vazirligi ma’lum qildiki, hukumat kuchlari Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan to‘la ozod etdi.

29 iyun tongida iroqlik harbiylar shaharning tarixiy qismidagi An-Nuriy masjidini egallagan, aynan shu erda 3 yil muqaddam IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy «xalifalik» tuzilgani haqida e’lon qilgandi.

«Armiyaning maxsus topshiriqli bo‘linmalari An-Nuriy masjidiga kirdi»,— deya xabar bergan Sky News Arabia telekanali efirida Mo‘sulni ozod etish operasiyasiga boshchilik qilayotgan general Abdul Amir Yaralla.

Iroqning ikkinchi yirik shahri, mamlakat shimolida joylashgan Mo‘sul IShID tomonidan 2014 yil iyunida bosib olingandi. Shaharni ozod etish uchun harbiy amaliyot o‘tgan yilning 17 oktyabrida boshlangandi. Shaharning g‘arbiy qismi 2017 yil yanvarida egallangach, harbiy yurishda tanaffus qilingandi. Amaliyot davomida Iroq armiyasiga shialarning harbiy bo‘linmalari, kurd otryadlari va xalqaro aksilterror koalisiya kuchlari yordam berishdi. Bir necha kun oldin Iroq armiyasi vakili Mo‘sul qamalida hal qiluvchi yakuniy bosqich boshlangani haqida ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 95
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 492
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar