“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 02:24
ЎЗO‘Z

Qizlar qaysi sport turi bilan shug‘ullangani ma’qul?

19 iyun, 10:03 17 327 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qizlar qaysi sport turi bilan shug‘ullangani ma’qul? Sport inson umrini uzaytiradi, sog‘-salomat hayot kechirishiga zamin hozirlaydi. U insonning aqliy, axloqiy, mehnat va nafosat tarbiyalariga ham ta’sir etadi. Bir so‘z bilan aytganda, shaxsni komillikka etaklaydi.

Arastu, Aflotun, Suqrot kabi antik davr olimlari quldorlarning farzandlariga jismoniy tarbiya berishning nazariy asoslarini ishlab chiqishga harakat qilganlar. Ular har bir tarbiyali shaxs jismonan kuchli bo‘lishi, qilichbozlik, nayza uloqtirish, otda chopish, suvda suzish kabi jismoniy mahoratga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaganlar. Bu ahli donishlarning jismoniy tarbiya borasidagi fikrlari yillar o‘tgani sayin sayqal topib, mukammallashib bormoqda.

Men ham bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlayman, nafaqat yigitlar, balki qizlarning, ayollarning ham sport bilan shug‘ullanishiga ijobiy hodisa sifatida qarayman.

Ammo qizlarimiz qizlarga mos bo‘lgan sport turlari – gimnastika, tennis, suzish, aerobika bilan shug‘ullanishsa, menimcha, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Qizlar sportning juda katta jismoniy kuch talab qiladigan dzyu-do, tosh ko‘tarish, kurash kabi turlari bilan shug‘ullanishsa, og‘ir-og‘ir toshlar ko‘tarishsa, maydonda bir-birini tepsa, yoqalaridan olsa, tashqaridan qaragan ko‘zga chiroyli ko‘rinmas ekan. Sportning bunday turlari qizlarni biroz dag‘allashtirib qo‘yadigandek, nazarimda. Nazokat va nafosat qiz bola, ayol kishi uchun salomatlik qadar zaruriyatdir.

Manba: Mulohaza.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Sog‘liq uchun eng yaxshi sport turi ma’lum qilindi 23 yanv, 07:52
  • «Xitoycha badantarbiya» — siyosat va sport 18 dek, 07:07
  • Olimlar miyani yoshartirish usulini topishdi 01 fev, 17:30
  • Immunitet va jismoniy faollik 02 sen, 18:18
  • Bolani necha yoshda sport to‘garagiga berish mumkin? 15 okt, 23:26
  • Sport kayfiyatni ko‘taradimi? 19 apr, 19:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 223
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 206
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 284
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 456
  • AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi 28 fev, 22:00 599
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 704
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 821
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 438
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 626
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 390
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 527
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 976
  • Bo‘limlar