“O‘zagrosug‘urta” davlat kompaniyasi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi menejeri S. Jalg‘ashev hamda bosh buxgalter M. Ahmedova 2009-2013 yillarda ko‘p miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda “Adolat ko‘zgusi” gazetasiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda. Aytilishicha, ularga bu ishni amalga oshirishda “Xalq banki” Oqqo‘rg‘on filiali boshqaruvchisi A. Qodirov yordam bergan. Ayni paytda M. Ahmedova ustidan amalga oshirilgan sud yakuniga etdi. Jinoyatchi 33.6 mln so‘m jarimaga tortildi.