“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 07:10
ЎЗO‘Z

Dunyoning 50 davlatidan polvonlar O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdi

30 мая, 00:20 6 498 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoning 50 davlatidan polvonlar O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdi Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz kurash federasiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Kurash xalqaro assosiasiyasi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan nufuzli turnirda dunyoning ellikka yaqin davlatidan eng kuchli polvonlar g‘oliblik uchun bellashdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Xalqaro turnirda polvonlar uch vazn toifasida gilamga tushdi. Vazni 73 kilogramm bo‘lgan polvonlar bellashuvida barcha sovrinli o‘rinlar mamlakatimiz sportchilariga nasib etdi. Hikmatilla To‘raev birinchi, Davlat Abraev ikkinchi, Suhrob Xudoyberdiev va Sherbek Abloqulov uchinchi o‘rinni egalladi.

Vazni 90 kilogramm bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida ham polvonlarimizga teng keladigani topilmadi. Yahyo Imomov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuhrat Arslonov kumush, Dilshod Choriev va Kamoliddin Rasulov bronza medal bilan taqdirlandi.

Xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasi finalida surxondaryolik Abdulla Xoliyorov rossiyalik Artyom Osipenkoni mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 25 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi. Artyom Osipenko ikkinchi, Bekmurod Oltiboyev va Baxtiyor Mengliqulov uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa ishtirokchilari va mehmonlari Termiz shahridagi tarixiy yodgorliklar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, barpo etilgan zamonaviy inshootlar bilan tanishdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Termizda kurash bo‘yicha musobaqa yakunlandi 07 okt, 06:50
  • Kurash. Sherali Joʻrayev “Prezident sovrini” uchun oʻtkazilgan I xalqaro turnir gʻolibi (foto) 07 sen, 12:28
  • Prezident sovrini uchun kurash boʻyicha I Xalqaro turnir oʻtkaziladi. Sovrin jamgʻarmasi - 100 ming dollar 30 avg, 22:50
  • 10 ming AQSh dollarlik mukofotni Sherali Jo‘rayev qo‘lga kiritdi 23 apr, 18:12
  • O‘zbekistonlik kurashchi xalqaro turnirda “Eng yaxshi texnika sohibi” bo‘ldi 28 fev, 08:51
  • 500 nafardan ziyod yosh kurashchilar O‘zbekiston Kubogi uchun bellashadi 04 okt, 12:24
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 595
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 640
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 597
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 239
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 899
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 714
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 445
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 608
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 568
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 715
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 252
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 268
  • Bo‘limlar