“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 03:59
ЎЗO‘Z

Ro‘zaning shartlari

27 мая, 09:20 22 917 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘zaning shartlari Ro‘za durust bo‘lishi uchun uch xil shart topilishi lozim.

Birinchi shart – zimmaga lozim bo‘lish shartlari.


Bu shartlar to‘rttadir:
1. Islom. Musulmon bo‘lmagan odamga ro‘za farz bo‘lmaydi. Unday odam ro‘za tutsa ham, ro‘zasi ibodat o‘rniga o‘tmaydi. Kofir odam Ramazonda Islomga kirsa, o‘sha kundan boshlab ro‘za tutadi.
2. Aql. Aqli yo‘q odamga ro‘za farz bo‘lmaydi, chunki u mukallaf emas.
3. Balog‘at. Balog‘atga etmagan yosh bolalarga ro‘za farz bo‘lmaydi. Ramazon oyida balog‘atga etganlar o‘sha kundan boshlab ro‘za tutishni boshlaydilar.

Ikkinchi shart – ro‘zani ado etish uchun lozim shartlar:

Bu shartlar ikkitadir:
1) Sog‘lom bo‘lish. Bemor kishiga ro‘za tutish vojib emas.
2) Muqim bo‘lish. Musofirga ro‘za tutish farz emas. U safardan qaytganda qazosini tutib beradi.

Uchinchi shart – ro‘zaning to‘g‘ri bo‘lishi shartlari.


Bu shartlar uchtadir:
1) Niyat. Niyatsiz ro‘za durust bo‘lmaydi.
2) Nifos va hayzdan xoli bo‘lish. Nifos va hayzli bo‘laturib tutilgan ro‘za durust bo‘lmaydi.
3) Ramazon ro‘zasining adosi va qazosi shar’iy kunduzning yarmidan avval niyat qilish bilan to‘g‘ri bo‘ladi.

Ma’lumki, qilinishi lozim bo‘lgan amalni shariatda belgilangan vaqtda qilish «ado» deyiladi. Qilinishi lozim bo‘lgan amalni belgilangan vaqtidan keyin bajarish «qazo» deyiladi.

Ramazon ro‘zasini vaqtida tutish farz. Agar u vaqtida ado qilinmagan bo‘lsa, qazosini tutish farz.

Ramazon ro‘zasini vaqtida ado qilish farzligiga dalil:

Alloh taolo Baqara surasida shunday degan:
«Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur’on nozil qilingan. Sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, uning ro‘zasini tutsin», degan (185-oyat).

Ramazon ro‘zasining qazosini tutish farzligiga dalil:

Alloh taolo Baqara surasida:
«Va sizlardan kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘i boshqa kunlardan», degan (185-oyat).

Shuningdek, kafforat ro‘zalari ham vojibdir. Birovni xato, ehtiyotsizlik sababli o‘ldirib qo‘ygan yoki ayolini zihor qilgan odam boshqa kafforatlarni bajara olmasa, ketma-ket ikki oy ro‘za tutishi vojib bo‘ladi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda:
«Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qo‘shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro‘za tutsin», degan (Mujodala surasi, 4-oyat).

Alloh taolo Qur’oni Karimda qasamini bzgan kishining kafforati haqida:
«Ana o‘sha, agar qasam ichgan bo‘lsangiz, qasamingizning kafforatidir», degan (Moida surasi, 89-oyat).

Shar’iy kunduz tong otgandan (subhi sodiqdan) boshlanib, quyosh botguncha davom etadi. Shar’iy bo‘lmagan kunduz esa «lug‘aviy kunduz» deb ataladi va u quyosh chiqqandan boshlab botguncha davom etadi. Demak, ro‘za tutmoqchi bo‘lgan kishi tong otgandan boshlab kunduzning yarmigacha niyat qilib olsa, ro‘zasi to‘g‘ri bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 101
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 264
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 174
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar