“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:05
ЎЗO‘Z

Shu haftada Qatarda JCh-2022 uchun tayyorlangan ilk stadion ochiladi (foto)

16 мая, 15:10 5 986 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shu haftada Qatarda JCh-2022 uchun tayyorlangan ilk stadion ochiladi (foto) Qatarda 2022 yilgi jahon chempionati uchun mo‘ljallangan birinchi stadion - Khalifa International Stadium stadioni tayyor bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.

Qatar futbol uyushmasi 19 may kuni ushbu stadionning ochilish marosimi o‘tkazilishi va shu kuni unda Amir kubogi uchun final uchrashuvi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Stadiondagi ilk rasmiy uchrashuvda «Al-Rayan» va «Al-Sadd» jamoalari kuch sinashadi.

Khalifa International Stadium arenasi rekonstruksiya ishlaridan keyin 40 ming tomoshabinni o‘zida sig‘dira oladigan bo‘ldi. Bu stadion FIFAning barcha talablariga javob beradigan holga keltirilgan. Unda havoni salqinlashtiruvchi tizim o‘rnatilgan, sport muzeyi tashkil etilgan. Barcha tomoshabinlar tom ostida bo‘lishi ta’minlangan.

Ushbu stadionda 2022 yilgi jahon chempionatidan tashqari, 2019 yilda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati ham o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar o‘tkazilishi belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 347
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 174
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 83
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 371
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 276
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar