“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:03
ЎЗO‘Z

Chrome OS raqobatchisi – Windows 10 S taqdim etildi

03 мая, 12:39 6 307 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chrome OS raqobatchisi – Windows 10 S taqdim etildi Nyu-Yorkdagi tadbir davomida Microsoft o‘zining Windows 10 S operasion tizimini namoyish etdi. Kompaniya buni hamyonbop kompyuterlarda ishlash uchun optimallashtirilgan – yengil operasion tizim versiyasi sifatida taqdim qilmoqda, deb yozadi Terabayt.uz sayti.

Windows 10 S’da dasturlarning, jumladan, to‘laqonli Office to‘plamining ham to‘liq desktop versiyalari bemalol ishlaydi. Yagona sharti – bu ilovalar Windows Store’da mavjud bo‘lishi lozim.

Ya’ni, agar Google o‘zining Chrome brauzerini Windows Store’ga yuklasagina, uni yangicha operasion tizimga o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Shungacha esa Microsoft o‘zining Edge brauzerini ommalashtirishda davom etaveradi.

Agarda foydalanuvchi biror dasturni Microsoft’ning do‘konidan emas, boshqa manbadan yuklab olishga urinsa, tizim unga shu dasturning Windows Store’dagi muqobilini taklif qiladi. Agarda o‘sha chet ilovaning o‘zi kerak bo‘lsa, foydalanuvchi o‘z kompyuteri tizimini Windows 10’ga yangilashi va keyin istalgan dasturni xohlagan joydan ko‘chirib olib o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Dell, HP, Samsung, Toshiba, Acer, Asus va Fujitsu allaqachon Windows 10 S’ga mos qurilmalar ustida ish boshlashgan.

Yangi tizimni qo‘llab-quvvatlovchi boshlang‘ich darajadagi noutbuklar narxi 189 AQSh dollaridan boshlanishi aytilmoqda.

Mazkur kompyuterlar avvalo ta’lim sohasiga mo‘ljallangan; shu bois narxi hamyonbop, yana unda Minecraft: Education Edition hamda Office 365 dasturlariga o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun bepul obuna yo‘lga qo‘yilgan. Bulardan tashqari, maktablarga o‘zlarining eski kompyuterlariga Windows 10 S’ni bepul o‘rnatish ham taklif qilinadi.

Yangi operasion tizimni hamda uning bazasida chiqariladigan noutbuklarni shu yil yozda – aynan yangi o‘quv yili arafasida sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 47
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 325
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 74
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 74
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 86
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar