“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:46
ЎЗO‘Z

100 nafar mansabdor jazolandi, 8 nafari ishdan olindi

01 мая, 22:58 6 370 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
100 nafar mansabdor jazolandi, 8 nafari ishdan olindi 2017 yil 11 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori chiqqan edi. Bu haqda Qalampir.uz sayti yozmoqda.

Hujjat rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirishni ko‘zda tutadi. Aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida davlat idoralarida birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ushbu hujjat ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Moliya vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlikda o‘tkazilgan ana shunday yig‘ilishda tuman (shahar) va viloyat moliya organlari, shuningdek, vazirlik markaziy apparatining 66 nafar mansabdoriga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Mehnat vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda esa aholi bandligi dasturi ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 34 nafar mansabdor shaxsga turli intizomiy jazo qo‘llanilgan, 8 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Qayd etish joizki, rahbarlarning lavozimda qolish yoki qolmasligi masalasida ularning xalq dardini tinglash, odamlar muammolarini hal qilishga qaratayotgan e’tibori asosiy mezon sifatida ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar