“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:12
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

27 apr, 14:31 8 275 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27 aprel kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Mustaqillik yillarida viloyat har tomonlama rivojlandi, uning shahar va qishloqlari obod bo‘lib, aholining turmush farovonligi oshdi. Hududda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida qurilish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.

2016 yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur’ati 9,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 17,8 foizga, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 6,3, qurilish ishlari 11,8, chakana tovar aylanishi 15,2 foizga o‘sdi.

O‘tgan yili sanoat sohasini rivojlantirishga doir 304, qishloq xo‘jaligida 696 loyiha amalga oshirildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar samarasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2016 yilda 80,3 foizni tashkil etdi.

Hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 38 million dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirildi.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 2016 yilda bu erda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan 163 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Birinchi Prezidentimizning 2013 yil 18 martdagi "Jizzax" maxsus industrial zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida barpo etilgan ushbu maxsus xududda o‘tgan yillarda 20 (Jizzaxda 15 ta, Sirdaryoda 5 ta) korxona ishga tushirildi.

Zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan korxonalarda 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Ish o‘rinlarining 60 foizini oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari band etdi.

Hozir erkin iqtisodiy hududda yuk va yengil avtomobillar uchun tormoz kolodkalari, televizor, kondisioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech, svetiodli chiroqlar, polipropilen iplar, vedio va IP telefonlar, telekommunikasiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida viloyatda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha katta reja va maqsadlarni bayon etgan edi. Prezidentimizning Jizzaxga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishish ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 508
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar