“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 07:53
ЎЗO‘Z

KXDR mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

26 apr, 17:01 7 184 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
KXDR mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi KXDR uch turdagi qo‘shinlar ishtirokida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlarni armiyasi "tarixidagi eng yirigi" deb e’lon qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya OAV xabar qilmoqda deb yozadi Kun nashri.

Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) 300 ta uzoq masofani nishonga oluvchi artilleriya qurollari, suvosti kemalari va aviasiya ishtirokidagi amaliyotlar haqida xabar qilmoqda.

"Suv osti kemalari dushman kemalariga torpedo zarbalari berish uchun tezlik bilan suv ostiga sho‘ng‘idi, qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar dengiz ustida parvoz qildi. 300dan ortiq yirik kalibrli artilleriya qurollari bir vaqtning o‘zida o‘t ochdi", — deyiladi Yonxap agentligi keltirgan iqtibosda.

Davlat rahbari Kim Chen In mashg‘ulotlardan ko‘ngli to‘lganini yashirmadi.

"Biz dushmanlarimizni jazolash uchun harbiy qudratimiz qanday ekanini namoyish qildik", — deya Kim Chen In so‘zlarini keltiradi NHK telekompaniyasi.

25 aprelda KXDRda Koreya xalq armiyasi tashkil etilganligining 85 yilligi nishonlandi. Ekspertlar va siyosatchilar Pxenyan shu kuni oltinchi yadro sinovini o‘tkazishi borasida bir xil fikrni ilgari surishgan edi. Biroq, Shimoliy Koreya quruqlik, dengiz va harbiy-havo kuchlarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan chegaralandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • KXDRda harbiy rahbariyat ishdan olindi 04 iyun, 12:53
  • Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatildi 18 мая, 18:26
  • KXDR AQShga yana tahdid qildi 22 avg, 10:07
  • Shimoliy Koreya AQSh tajovuzi ro‘y bergan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini yo‘q qilishga va’da berdi 15 apr, 11:19
  • KXDR Seul va AQShning Guam orolidagi bazasini yo‘q qilmoqchi 23 sen, 12:47
  • AQSh bombardimonchi samolyotlari Janubiy Koreya ustidan parvoz qildi 13 sen, 12:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Britaniyada dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi 15 apr, 07:14 0
  • "Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi 15 apr, 00:00 672
  • Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video) 14 apr, 23:35 2 668
  • Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi 14 apr, 23:09 1 231
  • Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz" 14 apr, 22:59 1 151
  • Bayden va Putin Ukraina bo‘yicha gaplashishdi 14 apr, 22:37 1 712
  • "Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi 14 apr, 22:09 1 928
  • “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi 14 apr, 21:44 1 381
  • O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 14 apr, 21:12 367
  • Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da! 14 apr, 20:44 2 001
  • Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi 14 apr, 20:18 1 590
  • Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi 14 apr, 19:50 1 885
  • Bo‘limlar