“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:46
ЎЗO‘Z

Biz nima uchun xurrak otamiz va undan qanday qutulish mumkin?

12 apr, 09:38 23 302 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biz nima uchun xurrak otamiz va undan qanday qutulish mumkin? Qattiq xurrak – bu faqat oddiygina eshitilish doirasidagilarning kechasini zaharlaydigan bezovta qiluvchi ovoz emas. Shuningdek, xurrak sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan ham darak beradi. Xurrakning turli xil sabablari ichida beozorlari ham bor, ba’zi sabablar yuzasidan esa tezlikda shifokorga murojaat qilish talab qilinadi.

Katta yoshdagi kishilarning deyarli yarmi vaqti-vaqti bilan xurrak otadi.

Xurrakning eng oddiy sababi – bu tananing uyqudagi holati. Ko‘pincha odamlar chalqancha holatda yotganda xurrak otadi. Gap shundaki, chalqancha yotganda tomoq mushaklari bo‘shashadi, hiqildoq torayadi va bu xurrakka sabab bo‘ladi.

Xurrakning boshqa sababi semirib ketish ham bo‘lishi mumkin, bunda oshiqcha yumshoq to‘qimalar halqumni siqib qo‘yadi. Bunday holatlarda ortiqcha vaznni kamaytirish – parhez qilish yoki sport bilan shug‘ullanish orqali xurrakdan qutulish mumkin.

Xurrakdan xalqona usulda qanday qutulish mumkin?

Xurrak otuvchi odam kamida uyqusizlik yoki uyquga to‘ymaslikdan aziyat chekadi. Unda jiddiyroq muammolar ham bo‘lishi mumkin, masalan tungi apnoe – ya’ni, uyqu paytida nafas olishning vaqtincha to‘xtashi.

Agar siz xalqona usullar yordamida xurrakdan qutulishni xohlasangiz, o‘z yashash tarzingizga o‘zgarishlar kiritishingiz kerak. Bu o‘zgarishlarga ortiqcha vaznni yo‘qotish, uyqu oldidan spirtli ichimliklar ichishni cheklash, yotoqda to‘g‘ri yotish kiradi.

Xurrakdan qutulishning boshqa yo‘li og‘iz bo‘shlig‘i mushaklarini mustahkamlovchi maxsus mashqlardir. Masalan, ashula aytish yoki puflab chalinadigan cholg‘u asboblarida chalish.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 105
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 271
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 180
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar