“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 19:06
ЎЗO‘Z

Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi

10 apr, 09:51 5 939 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi Joriy yilning mart oyi boshida Artel va General Motors kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik haqida shartnoma imzolandi. Bu bitimga ko‘ra, General Mobile Android One telefonlarining 1 000 ta modeli Rossiyaga promo-aksiya amalga oshirish uchun etkazib berildi, unga ko‘ra, Ravon avtomobilini xarid qilgan har bir inson General Mobile Android One telefonini sovg‘a sifatida oladi. Ushbu aksiya Ravon avtomobillarining Rossiyadagi savdosini rag‘batlashtirishga mo‘ljallangan. General Motors kompaniyasi joriy yilning oxiriga qadar yana 50 000 ta General Mobile Android One telefonini xarid qilishni rejalashtirgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Artel savdo belgisi mobil telefonlarining tanlanishi tasodifan emas. Rossiyadagi yirik tadqiqot laboratoriyalaridan birida turli brendlar telefonlari texnik talablari qator sinovlardan o‘tkazildi. Bu sinovlar davomida General Mobile Android One telefoni Rossiya iste’molchilar bozori texnik talablariga mos kelishi tasdiqlandi va boshqa nomzodlar orasidan tanlab olindi.

Loyiha doirasida General Mobile Android One telefoni uchun maxsus ilova ishlab chiqildi, u haydovchining o‘z avtomobili bilan samarali “muloqoti”ni yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan. Masalan, ilovada haydovchi uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumot bo‘ladi, ular orasida Ravon servis markazlari manzillari va telefon raqamlari ham bor. Ilova shuningdek, haydovchini moyni o‘zgartirish kerakligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tish muddati yaqinlashayotgani haqida ham xabardor etishi mumkin.

Ushbu loyiha tajribaviy bo‘lib, Rossiyada muvaffaqiyatli amalga oshsa, Ravon avtomobillari eksport qilinadigan boshqa mamlakatlar, jumladan, Qozog‘iston, Ukraina va Ozarboyjonda ham shunday taklif amalga tatbiq etilishi mumkin.

Bunday o‘zaro manfaatli hamkorlik har ikki eksportchi kompaniya uchun qiziqdir. Bundan tashqari, bunday turdagi loyihalar har ikki ishlab chiqaruvchi mahsulotini yanada ommalashtirish imkonini beradi. Bu esa O‘zbekiston eksport salohiyatiga ijobiy tarzda ta’sir ko‘rsatadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Malika» savdo markazida telefon narxlari (2016 yil 4 noyabr) 06 noya, 00:15
  • «Malika» savdo markazida telefon narxlari (2016 yil 25 oktyabr) 28 okt, 22:56
  • «Malika» savdo markazida telefon narxlari (2016 yil 15 oktyabr) 19 okt, 14:14
  • «Mediapark Rohat» savdo markazidagi telefon va planshetlar narxi (2015 yil 3 noyabr) 05 noya, 01:01
  • Android One smartfonlari O‘zbekistonda 1 oy ichida 10 ming dona sotildi 28 okt, 17:07
  • Artel keksalar uchun mo‘ljallangan Z10 telefonini chiqardi 12 fev, 18:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video) 14 мая, 18:30 0
  • Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi 14 мая, 17:47 63
  • Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda 14 мая, 17:15 191
  • «Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov 14 мая, 16:35 231
  • Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin 14 мая, 16:06 180
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 367
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 368
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 431
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 281
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 240
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 387
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 465
  • Bo‘limlar