“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 18:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yo‘l inspeksiyasi yo‘llarning sifatini doimiy ravishda tekshiradigan bo‘ldi

08 apr, 19:27 6 664 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yo‘l inspeksiyasi yo‘llarning sifatini doimiy ravishda tekshiradigan bo‘ldi O‘zbekistonda yo‘l qurilishini nazorat qiluvchi yangi vakolatli davlat organi tashkil etildi. U o‘z faoliyatini tashkil etishda hukumatga bo‘ysunadi, deb xabar qilmoqda Davlat avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib "Sof.uz" nashri.

Yangi inspeksiya yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda yuridik va xususiy shaxslarning bu boradagi me’yoriy hujjatlar talablariga qanchalik rioya etilishini nazorat qiladi.

Ular shuningdek, qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini qabul qilish komissiyalari ishida qatnashadi hamda shaharsozlikning yo‘l qurilishiga doir qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishda bevosita ishtirok etadi va takliflar beradi.

Inspeksiyaning yana bir faoliyat yo‘nalishi yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashdan iborat.

Yo‘l inspeksiyasi 26 nafar davlat inspektoridan tashkil topadi, ular respublika bo‘ylab doimiy asosda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 94
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 80
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 73
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 95
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 574
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 538
  • So'nggi yangiliklar
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 2
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 28
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 20
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 50
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 195
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 135
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 204
  • Bo‘limlar