“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:54
ЎЗO‘Z

Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan

06 apr, 11:08 7 389 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan Kecha, 5 aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Sergeli va Yakkasaroy tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, davlat organi xodimlari, tegishli idora rahbarlari hamda muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarigacha tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga mamlakat fuqarolari va tabdirkorlaridan Yakkasaroy tumani bo‘yicha jami 6236 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2807 tasi jismoniy shaxslardan hamda 429 tasi yuridik shaxslarga tegishlidir.

Ayni damda murojaatlarning 5592 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 644 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlarning 1046 tasi uy-joyga muhtojlik to‘g‘risida, 508 tasi bank-moliya masalalari bo‘yicha, 440 tasi sudlarga oid bo‘lib, shuningdek, fuqarolikni qabul qilish, propiskaga o‘tish, ish bilan ta’minlanish, ish haqi, pensiya, issiqlik ta’minoti, ta’lim, transport masalalari yuzasidan bir qancha murojaatlar kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar