“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:24
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi

05 apr, 11:25 7 968 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi Toshkentdagi Milliy matbuot markazida 4 aprel kuni uyushtirilgan davra suhbati oldidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan soha mutasaddilari oldiga qo‘yilgan vazifalar va dori-darmon narxlarini me’yorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida jurnalistlarga intervyu berdi, deb yozadi Daryo nashriga asoslanib "Sof.uz" nashri.

«Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror doirasidagi ishlarga to‘xtalar ekan, vazir birinchi galda bugungi kungacha dori-darmon vositalarining chegaradan kirib kelishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi va savdo-sotiq jarayoniga qo‘yilishida bir qator adolatsizliklar, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yib kelinganiga to‘xtaldi.

Aholining dorixonalardagi yuqori narxlar va ularning nazoratsiz qoldirilgani xususidagi e’tirozlari tegishli davlat tashkilotlari bilan o‘rganib chiqilganini ta’kidladi.

Hisobotga ko‘ra, aholi hayoti uchun birinchi galda zarur bo‘lgan dorilar ro‘yxati idoralararo komissiya bilan birgalikda o‘rganilib, narxlarning optimal varianti ko‘rib chiqilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi maxsus departament va parlament nazorati, eng muhimi, jamoat nazorati o‘rnatilgan. Hozirda mazkur ro‘yxat aholi ehtiyojlarini har chorakda monitoring qilgan holda komissiya tavsiyalariga asosan qayta ko‘rib chiqilishi aytildi.

Dunyoda 10 mingga yaqin asosiy ro‘yxatga kiritilgan dorilar borligi, shulardan 30—35 foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanishi inobatga olinib, O‘zbekistonning dori-darmon salohiyati 23 foizga o‘sgani ta’kidlandi.

Shuningdek, lisenziya berish sohasida yangi mexanizm yaratilgani, unda mavjud ko‘plab xato-kamchiliklar bugungi kunda talablarga o‘zgartirishlar kiritilishi orqali to‘g‘rilab borilayotgani qo‘shimcha qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 147
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 57
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 151
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 318
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 126
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar