“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:32
ЎЗO‘Z

Samsung kompaniyasi Galaxy S8’ni kompyuterga aylantiruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish qildi

30 mar, 09:54 5 286 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samsung kompaniyasi Galaxy S8’ni kompyuterga aylantiruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish qildi Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlarini stol kompyuteriga ulash imkonini beruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish etdi, deb yozadi Daryo nashri. U tasvirni tashqi monitorga chiqarish hamda klaviatura va sichqoncha kabi aksessuarlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu haqda kompaniya vakillari Nyu-Yorkdagi taqdimotda gapirib berdi.
Dok-stansiya USB-kabel orqali ulanadigan yangi Galaxy S8 va S8+ smartfonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma yana bitta USB, HDMI-yo‘lagi, Ethernet-port, USB Type-C razyomi va sovitish uchun ventilyator bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfonni Adaptive Fast Charging simsiz texnologiyasi yordamida quvvatlantirish mumkin.

DeX monitor va aksessuarlarga ulangach, Galaxy S8’dagi Android mobil operasion tizimi stol kompyuteriniki kabi tus oladi: ekran orientasiyasi o‘zgaradi va yangi boshqaruv elementlari paydo bo‘ladi. Android’ning o‘zgargan interfeysi to‘la-to‘kis brauzer orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta oynalarni boshqarish imkonini beradi.

Samsung VMware, Adobe va Microsoft bilan hamkorlik qiladi, shu tufayli dok-stansiya yordamida Windows dasturlarini masofadan boshqarish, shuningdek, virtual ish stoli, MS Office paketi hamda Adobe Acrobat Reader va Lightroom Mobile dasturlaridan foydalanish mumkin.

DeX Galaxy S8 bilan bir vaqtda — 2017 yil 21 aprelda sotuvga chiqadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 88
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar