“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:21
ЎЗO‘Z

To‘ydan oldin fotosessiya qildirish gunohmi?

27 mar, 21:58 13 638 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘ydan oldin fotosessiya qildirish gunohmi? Savol: Hozir urf bo‘lgan to‘ydan oldingi marosimlar (fotosessiya, to‘y libosi) uchun uchrashuvlar shar’iy to‘g‘ri bo‘lishi uchun nikoh o‘qitishni tavsiya qilishmoqda. Nikoh o‘qilgandan keyin kelin kuyovnikiga 3 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqtda ko‘chib o‘tishi kerak, degan gap aytishmoqda. Aslida ham shundaymi?

Javob: Unday gap yo‘q. Lekin fotosessiya qilib, o‘z xotinini nomahramlar ko‘z o‘ngida turli xil libosda, turli holatda ko‘rsatishdan erkak kishi hayo qilishi va o‘z ayolini rashk qilishi lozimdir. Shuningdek, bunday tarzdagi fotosessiyaga pul va vaqt sarflash isrof hisoblanadi. Vallohu a’lam.

Savol: Ramazon oyida nikoh to‘yini o‘tkazsa bo‘ladimi?

Javob: Ramazon oyida nikoh to‘yini qilishi albatta bo‘ladi va yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Savol: Zulqa’da oyida fotiha (tuy) qilinsa bo‘ladimi?

Javob: Bu oyda to‘yning fotihasini qilsa ham yoki to‘yning o‘zini qilsa ham bo‘laveradi. Bunday amallarni hech qanday istisnosiz yilning o‘n ikki oyida qilish mumkin. Bunday amallarni biror oyda qilish mumkin emas deb shumlanish bid’at hisoblanadi va shumlangan kishi gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Savol: Nikohni qaysi vaqt o‘qitish joizdir (kelinni ota uyidan chiqarishdan oldinmi yoki kechki bazmdan keyin kuyovning uyiga olib kelgandan keyinmi?)

Javob: Qiz bilan yigit nomahram holida birga yurmasliklari uchun nikohni imkon qadar tezroq o‘qitgani ma’qul. Chunki nikoh o‘qitishdan oldin ular birga yurishlari mumkin emas. Nikoh o‘qitgandan so‘ng esa to‘yni kechiktirmasdan, darhol e’lon qilish lozim bo‘ladi.

Savol: To‘y marosimlarda raislik, ya’ni davrakashlik qilib tirikchilik qilish gunohmi?

Javob: Agar u erda noshar’iy ishlarga yordamlashish bo‘lmasa, gunoh hisoblanmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


Manba: www.qadriyat.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 93
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 256
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 167
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 380
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar