“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:16
ЎЗO‘Z

Haqiqatan ham yog‘lar zararlimi? Yolg‘onlarni fosh qilamiz

27 mar, 13:04 16 173 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haqiqatan ham yog‘lar zararlimi? Yolg‘onlarni fosh qilamiz Organizmga ovqatlar bilan kirayotgan yog‘lar to‘g‘risida ko‘p gaplar aytiladi. Bulardan ba’zilari mutlaqo asossiz bo‘lsa, boshqalari esa ma’lum bir holatlardagina to‘g‘ridir.

1-yolg‘on: hayvon yog‘lari qondagi xolesterin darajasini oshiradi

Yog‘lardan, shu jumladan hayvon yog‘laridan haqiqatan ham xolesterin sintezlanadi. Lekin bu faqat ortiqcha iste’mol qilingan hollarda yuz beradi. Shuni esda tutingki, xuddi shunday jarayon uglevodlar ortiqcha iste’mol qilinganda ham sodir bo‘ladi.

2-yolg‘on: yog‘lar iste’mol qilish ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi

Vazn yig‘ish jarayoni sarf qilinayotganidan ko‘ra iste’mol qilinayotgan kaloriyaning ko‘pligi sababli yuz beradi. Va bu holda ozishning ikki yo‘li bor: kunduzgi kaloriyani pasaytirish yoki harakat faolligini oshirish.

Agar siz birinchi yo‘lni tanlasangiz, buni aynan yog‘lar hisobiga amalga oshirish osonroq, chunki 1 gramm yog‘ 1 gramm oqsil yoki uglevodga qaraganda 2 marta kaloriyaliroqdir. Lekin buni qilmaganingiz ma’qul, chunki yog‘ etishmaslik hollarida organizm o‘zidagi zaxiralarni saqlashga harakat qiladi va siz odatdagi ovqatlanishga o‘tganingizdan keyin ularni yana qaytadan yig‘a boshlaydi.

3-yolg‘on: yog‘lar — yurak-tomir kasalliklarining asosiy sababchisi

Yuqorida eslatganimizdek, yog‘lar xolesterin darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi emas. Umuman olganda, ko‘tarilgan xolesterin — bu yurak-tomir kasalliklari sababidan emas, balki arteriyalardagi yallig‘lanish jarayonlari oqibatida paydo bo‘ladi.

Bunday jarayonlarni chekish va o‘tirib ishlash tarzidan tortib, shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish kabi omillar keltirib chiqarishi mumkin.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 190
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 144
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 313
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 125
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 99
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar