“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:08
ЎЗO‘Z

​Aziza Niyozmetova: “Istiqlol”da shuncha konsert berdim, lekin hatto “Nihol”ni ham ololmadim

18 mar, 15:34 12 312 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
​Aziza Niyozmetova: “Istiqlol”da shuncha konsert berdim, lekin hatto “Nihol”ni ham ololmadim Xonanda Aziza Niyozmetova shu kunga qadar bironta mukofot , hatto “Nihol” mukofotini ham olmagani, undan keyin chiqqan san’atkorlar unvonlar olayotgani haqida jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda gapirib o‘tdi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

“Men hayot davomida chuqur o‘ylab bir xulosaga keldim: ‘Kursi, tobut hech kimga vafo qilmaydi’, deyishadi. Lekin sahna ham vafo qilmas ekan. Bugun senga chalingan qarsak ertaga boshqaga ham chalinaverar ekan. Biz ijodkormiz, ijodimizni qilaveramiz. Kimga yoqish, kimga yoqmaslikni biz tanlamaymiz.

Men o‘n yillab shuncha konsertlar berdim, davlat tadbirlarida ishtirok etdim, Xorazmda hisobot konsertlar berdim. Lekin ‘Nihol’ mukofotini ham olganim yo‘q. ‘O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist’ unvoni olganim yo‘q. Mendan keyin chiqqan yosh xonandalar, shogirdlarimiz unvon olyapti. Men bundan ranjimayman. Men xalqni mehriga sazovor bo‘ldim,muxlislarimning yuragidan joy oldim. ‘Aziza’ bo‘lib tanildim.

Bu narsaga ya’ni xizmat ko‘rsatgan, xalq artisti unvonlariga nomunosiblar ham bor. ‘Istiqlol’ san’at saroyida mehnat qilib, peshonasidan ter chiqmaganlar bor. Ular ‘O‘zbekiston xalq artistini’ olgan. Men bundan ranjimayman. Mayli, omadini bersin. Necha yil imtihon berganimga, konsert berganimga, qancha davlat tadbirlarida ishtirok etganim uchun qo‘limga bitta diplom olmaganimga afsuslanmayman”, — deydi Aziza Niyozmetova.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 158
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 30
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 120
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 388
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar