“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:28
ЎЗO‘Z

Daraxt kurtaklari nimalarga davo?

17 mar, 01:11 16 768 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Daraxt kurtaklari nimalarga davo? Ayni vaqtda o‘lkamizda bahor. Daraxtlar asta-sekinlik bilan kurtak chiqarib, barg yozishga, gullashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

E’tiboringizga daraxt va o‘simlik kurtaklarining dorivor xususiyatlari haqida ma’lumot beramiz.

Qadimdan daraxt kurtaklari turli kasalliklarni davolash uchun qo‘llanilgan. Ularning har biri muayyan dardga davo sanalgan.

Nastarin kurtaklari

Nastarin kurtaklari qand kasalligi, oshqozon ishining yaxshilanishida samarali natija beradi.

Ushbu kurtaklar tarkibida teri oshlovchi , bioflavonoid moddalar juda ko‘p. Bir necha dona nastarin kurtagini chaynash oshqozon faoliyatini yaxshilaydi.

Qayin daraxti kurtaklari

Halq tabobatida qayin kurtaklari fitoterapevtik vosita sifatida tan olingan. Kurtaklar oshqozon, bo‘g‘im va saraton kasalliklarini davolovchi damlamalar tarkibiga doimiy ravishda qo‘shiladi.

Olcha kurtaklari

Qalqonsimon bez kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Bir haftada bir marta bir necha olcha kurtaklarini chaynash orqali kasallikni oson engish mumkin.

Ignabargli daraxtlar

Ularning kurtaklari o‘pka-bronx yo‘lari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Yashil va etilmagan konussimon archa mevalaridan bolalarga murabbo tayyorlab berish ham yo‘tal va surunkali yo‘talni ketkazishda yordam beradi.

Olma daraxti

Odatda, bahorning ma’lum oylarida olma daraxti kurtaklari kesib tashlanadi. Agar farzandingizda bosh og‘rig‘i, vahima, duduqlanish kabilar kuzatilayotgan bo‘lsa, kesib tashlangan shoxchalardan ajoyib dorivor vosita tayyorlash mumkin.

Buning uchun, kesilgan shoxlarning kichiklari kurtaklari bilan birga sirli idishga solinib, sariyog‘ bilan biroz qaynatiladi. Sovigach, u malham doriga aylanadi. (Malham dorini tayyorlash uchun 100 gramm kurtakli shohlar ustiga 200 gramm saryog‘ solinadi).

Yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar kuzatilganda, malham dori boshning chakka qismiga kam-kamdan surtiladi.

Shuningdek ginekologik kasalliklarda ham ushbu “maz”dan foydalanish mumkin.

Terak

Uning kurtaklari erkaklarda kuzatiladigan qator kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Kurtakli kichik shoxlardan 100 gramm olinib, ustidan spirt qo‘yiladi. So‘ng yangi oy yaiqqan kundan boshlab, 14 kun qorog‘u joyda saqlanadi.

Belgilangan muddat o‘tgach, har kuni 10-15 tomchidan ichish tavsiya etiladi.

Na’matak, do‘lana, qora mevali chetan (ryabina) daraxtlari

Ularnig kurtaklari qon tomir faoliyatini yaxshilash hamda ko‘z nuri xiraligini davolashda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o‘simlikning bir necha dona kurtagini har kuni eyish maqsadga muvofiq.

Qorag‘at daraxti

Boshqa daraxtlar bilan birga, bahorda qorag‘at daraxtining shoxlari ham kesiladi. Uning kurtaklari allergiyaga qarshi yaxshi dori vositasi bo‘lib, uni iste’mol qilish organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot 17 мая, 14:28 106
  • Quloq shang‘illashi yurak-qon tomir kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin 16 мая, 20:08 93
  • D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari 16 мая, 10:12 112
  • Organizmda magniy mikroelementi tanqisligining 5 ta belgisi 15 мая, 23:34 141
  • Nima uchun ko‘ngil aynib, bosh aylanadi? 14 мая, 17:58 94
  • Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi? 14 мая, 15:43 163
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar