“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:18
ЎЗO‘Z

Uyini sotmoqchi bo‘lganlar ortiqcha qog‘ozbozliklardan ozod bo‘lishdi

02 mar, 19:24 8 300 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uyini sotmoqchi bo‘lganlar ortiqcha qog‘ozbozliklardan ozod bo‘lishdi Davlat notarial idoralari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amalga kiritish haqidagi taklifiga rozilik berildi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Ko‘chmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash Toshkent shahrida – 2017 yil 1 iyuldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida – 2018 yil 1 iyuldan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

Qayd etish lozimki, qonun hujjatlariga muvofiq ko‘chmas mulklarning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlashda jismoniy va yuridik shaxslar soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyadan qarzdorlik yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomalarni, shuningdek, kadastr xizmatining bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Ushbu ma’lumotlarni yig‘ish uchun turli tashkilotlarga borgan holda fuqarolar ko‘p vaqt sarflaydi. Bunda ushbu ma’lumotnomalarni olish uchun kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, uy hujjatidan ko‘chirma, kvartira ichidagi issiqlik ta’minoti tizimining tekshirish dalolatnomasi va boshqa shu kabilar taqdim etilishi lozim.

Hukumatning mazkur qarori bilan soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiya bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma’lumotlarni fuqarolar tomonidan qog‘oz ko‘rinishida yig‘ish amaliyotiga chek qo‘yildi. Buning o‘rniga esa ushbu ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali aniq vaqt rejimida mustaqil olishi belgilandi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bitimlar loyihalarini tayyorlash, notarial harakatlar haqida tushuntirishlar olish va notarius qabuliga oldindan yozilish uchun murojaat qilish mexanizmi joriy qilish kabi topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar