“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 23:45
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbatlashdi

15 fev, 09:50 8 661 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbatlashdi 2017 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "sof.uz" xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti saylovidagi yuksak g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqotda saylov natijalari Turkmanistonda xalq farovonligini yuksaltirish, mamlakatni izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur o‘ylangan ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi yuksak ishonch bildirayotgani va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘lgani qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Turkmaniston faol tashqi siyosat yuritayotgani va Gurbanguli Berdimuhamedovning tashabbuslari xalqaro maydonda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentlar davlatlararo munosabatlar turli darajalarda sezilarli miqyosda faollashgani, o‘zaro manfaatli hamkorlik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston hukumat delegasiyalarining amaliy tashriflari yakunlarini, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi hamkorlikni ijobiy baholadilar.

Davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakat o‘rtasida amaliy va ochiq muloqotni jadal rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatni to‘la ishga solishga tayyor ekanini bildirdilar.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlat rahbari lavozimida ulkan yutuqlar, Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

"Suhbat davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi muloqotga xos bo‘lgan samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi", - deya ta’kidlangan O‘zA xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 61
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 0
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 81
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 206
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Bo‘limlar