“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 03:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda qaysi tashkilotda ishlayotgan pensionerlarga pensiyalari to‘liq to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

06 fev, 17:23 7 806 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda qaysi tashkilotda ishlayotgan pensionerlarga pensiyalari to‘liq to‘lanishi ma’lum bo‘ldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi) yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etiladi. Bu haqda Qalampir.uz sayti yozmoqda.

Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining (keyingi o‘rinlarda “Mahalla” fondi deb ataladi) tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari, tumanlar va shaharlar bo‘linmalariga raislik qiladilar.

Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlarini joriy etiladi.

Qarorga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritiladi.

Ahamiyatlisi shundaki, Respublika kengashi, hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari lavozimlarida ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘la miqdorda to‘lash, bunda pensiyalarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi.

Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga ko‘ra – vazirga, Respublika kengashi raisining o‘rinbosari – vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 101
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 172
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 95
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 85
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 43
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 85
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 32
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 39
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 49
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 76
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 153
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 129
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 82
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 75
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 445
  • Bo‘limlar