“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:04
ЎЗO‘Z

FIFA. «Barsa» va «Real» futbolchilari egallab olgan 2016 yilning ramziy terma jamoasiga APLdan hech kim kirmadi

09 yanv, 23:12 6 643 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
FIFA. «Barsa» va «Real» futbolchilari egallab olgan 2016 yilning ramziy terma jamoasiga APLdan hech kim kirmadi FIFA 2016 yilning ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Bu Syurixdagi yil yakunlariga bag‘ishlangan marosim vaqtida oshkor etildi, deb yozmoqda «Daryo» sayti.

Unga ko‘ra, yil ramziy terma jamoasidan Anliya Premer-ligasining birorta ham futbolchisi joy olmadi. «Real»ning 5, «Barselona»ning esa 4 nafar futbolchisi yil jamoasiga kiritildi. Shuningdek, «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer hamda «Yuventus» himoyachisi Daniel Alvesh ro‘yxatga qo‘shilgan.

«Barselona»ning ramziy terma jamoadan joy olgan Lionel Messi, Luis Suares, Herard Pike va Andres Inesta kabi futbolchilari Syurixdagi taqdirlash marosimiga tashrif buyurmadi. 11 yanvar kuni klub Ispaniya kubogi doirasida «Atletik»ni qabul qiladi. Safardagi bellashuv 1:2 hisobida boy berilgani uchun «Barselona» javob o‘yiniga jiddiy e’tibor qaratayotgani aytilgan.

«Real»ning ramziy terma jamoadan joy olgan barcha futbolchisi taqdirlash marosimi boshlovchilari bilan selfi tushdi: Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Luka Modrich, Marselo hamda Serxio Ramos.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar