“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:40
ЎЗO‘Z

Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operasiya stoliga yotish arafasida

30 dek, 11:10 12 612 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operasiya stoliga yotish arafasida Xonanda Nilufar Usmonova «Qalampir.uz» nashriga bergan intervyusida to‘rtinchi bor operasiya stoliga yotish arafasida ekanligi haqida aytib o‘tdi.

Xonanda ayni damda farzand kutmoqda. To‘rtinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lish arafasida turgan Nilufar Usmonovaga shifokorlar farzand ko‘rishni kechiktirishi, uning salomatligi bunga javob bermasligini aytishgan edi. Buyragidagi muammolarga qaramay Nilufar Usmonova fikridan qaytmadi. Xonanda bu haqda gap ochilishini istamagan bo‘lsa-da intervyu davomida javobdan qochgani yo‘q.

“Homiladorlik kasalli, deb kim aytdi? To‘g‘ri, farzand dunyoga keltirish oson ish emas, lekin men shu bolalarim uchun yashamasam, kim uchun yashayman.. Shularni bag‘rimga bosganimda hayotning bor g‘am-tashvishi unut bo‘ladi.

Shifokorlar buyragim sabab farzandli bo‘lishim xavfli ekanini aytishdi. Lekin ularning vahimalariga ham quloq soladigan bo‘lsak, hamma narsa yig‘ishtirib qo‘yishimizga to‘g‘ri keladi. Yaratgandan o‘zimga ham, farzandimga ham umr so‘rayman va hozirgi holatimdan nolimayman”.

Xonanda farzandini dunyoga keltirish haqida gapirar ekan, 2015 yilning dekabr oyida homilasi nobud bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, u yaqindagina Istanbulda bo‘lib, shifokorlar nazoratidan o‘tib kelgan.

“Istanbulga tez-tez borishimning birinchi sababi ijod bo‘lsa, ikkinchisi homiladorligim. U erda shifokorlarning nazoratida bo‘ldim. Boisi to‘rtinchi bor tig‘ tagiga kiraman. Kesarcha kesish yo‘li bilan farzand dunyoga keltirish nima ekanini ayollar juda yaxshi tushunishadi”, deydi xonanda.

Nilufar Usmonova Yaratgan bergan homilasini atayin nobud qilayotganlar, o‘z oyog‘i bilan abort qildirishga borayotganlarni qaroridan qaytarish uchun har narsaga tayyor ekanini aytarkan, farzandidan kechayotganlardan nafratlanishini ham qo‘shimcha qildi:

“Yaratgan bitgan taqdirni bandasi o‘chirishga haqsiz. U farzand dunyoga kelish uchun yaratilganmi, demak, u tug‘ilishi kerak”.

Xonanda Nilufar Usmonova ishtirokidagi “Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvini yaqin soatlarda tomosha qilishingiz mumkin.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Nilufar Usmonova onasi konsertdan haydab chiqargan ayol va go‘dak kim ekanini aytdi (video) 14 fev, 18:13
  • Nilufar Usmonovaga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi 29 iyun, 20:30
  • Nilufar Usmonova ilk bor qizalog‘ining suratini e’lon qildi 23 мая, 22:30
  • Nilufar Usmonova farzandli bo‘ldi 07 mar, 18:39
  • ​Nilufar Usmonova: “O‘g‘illarim onasining baxtli ayol ekanligini ko‘rib uylg‘aymoqda” 09 fev, 14:16
  • Nilufar Usmonova farzand kutyapti 01 okt, 08:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar