Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabriknoma yo‘lladi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.
Maktubda Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yuqori darajasi, shuningdek, kelgusida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda o‘rnatilgan sermahsul hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash tarafdori ekani qayd etiladi.