“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:23
ЎЗO‘Z

Puma bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovkalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

03 noya, 00:01 6 727 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Puma bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovkalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi ortidan Puma firmasi ham bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovka ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Autodiscs nomli yangi krossovkalar ichiga bog‘lanishni zaiflashtiruvchi yoki kuchaytiruvchi elektromotor o‘rnatilgan bo‘ladi. Bog‘lanish bevosita krossovkadagi tugma yoki mobil dastur orqali amalga oshiriladi.

Ilgariroq Nike kompaniyasi bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalarini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Puma yaratuvchilarining aytishicha, Autodiscs krossovkasining Hyperadapt 1.0 ga nisbatan ikkita ustunligi bor.

Birinchisi, bog‘ichlarni boshlovchi motor krossovkaning tagcharmida emas, tilida joylashgan. Bu oyoq kiyimning egiluvchanligini saqlab qolishga yordam beradi.

Ikkinchi ustunlik shundan iboratki, krossovkaning bog‘lanishini mobil dastur yordamida smartfon orqali amalga oshirish mumkin. Krossovkada nima bilan shug‘ullanishga qarab, uning bog‘lanishini har ikki yoki alohida oyoq uchun maksimal darajada qulay holatga keltirish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 46
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 479
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar