“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:23
ЎЗO‘Z

Yigitali Mamajonov: “Farzandlarimni o‘z qaramog‘imga olaman”

29 okt, 17:50 21 999 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yigitali Mamajonov: “Farzandlarimni o‘z qaramog‘imga olaman” Bundan 4 yil avval, 2012 yilning 16 noyabrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva va aktyor Yigitali Mamajonovning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tgan edi. Ularning ertaknamo muhabbatiga yoshlaridagi 13 yillik farq ham halal bermagan edi. Yigitalining chaqnab turgan ko‘zlari, Rayhonning baxtli ayol sifatidagi jilmayishi hamon muxlislar ko‘z o‘ngida. 2014 yilning 5 may kuni ana shu muhabbatning mevalari sifatida ularning oilasida egizak farzandlar – Islom va Imron dunyoga keldi.

Afsuski, o‘sha ertaknoma muhabbatga ko‘z tegdi. OAVda Rayhonning Yigitali bilan ajrashayotgani haqidagi gaplar paydo bo‘lgach, muxlislar orasida katta shov-shuv boshlandi. Avvalgi maqolalarimizda ham aytib o‘tganimizdek, na Rayhon va na Yigitali oilaning darz ketishiga sabab bo‘lgan omil haqida biror marta ham so‘z ochishmadi.

Yigitalining ba’zi intervyularidagi so‘zlari esa muxlislar orasida yana g‘alayon ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Hech kim ular o‘rtasidagi munosabatlarning tamom bo‘lganiga, ish ajrimgacha etib borishiga ishonmasdi. Biroq, 2015 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida rasman xabar qildi.

Garchi ajrim amalga oshirilgan bo‘lsa-da, muxlislar Yigitali Mamajonovning Rayhonni bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lganini yaxshi biladi. Ammo ajrimdan so‘ng, ularning munosabatlarini qayta tiklashning imkoni bo‘lmadi...

Rayhon G‘anievaning boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotganliklari haqidagi xabarlar tarqalgach, Rayhon yana muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi. Rayhon G‘anieva ham, Farhod Alimov ham oilasidan ajrashgan. Ayni vaqtda ularni bitta dard birlashtirgan bo‘lsa ajab emas.

Muxlislarning “Sobiq rafiqasining to‘yi bo‘layotgani haqidagi xabarga Yigitali qanday qaraydi?” qabilidagi savollariga javob olish istagida biz Yigitali Mamajonov bilan bog‘landik. U Rayhon, farzandlari va bo‘lajak to‘y haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

Yigitali Mamajonov, Rayhon G‘anievaning sobiq turmush o‘rtog‘i:

— Men bo‘layotgan ishlardan xursand emasman. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi.

Farzandlarimni hech qachon tashlab qo‘ymayman va ularni o‘zim tarbiyalashga harakat qilaman. Men ularning otasiman, ular o‘z qaramog‘imda bo‘lishini istayman.

Men barcha narsa Yaratgandan deb bilaman. Demak, peshonamizga shu bitilgan ekan. Hamma narsa yaxshilikka.

Shaxsiy hayotim va oilam haqida gapirishni yomon ko‘raman. Bu mening tabiatimga to‘g‘ri kelmaydi. OAVga bergan barcha intervyularimda ham bu haqda aytganman. Men muxlislardan birovning hayotiga aralashmasliklarini so‘ragan bo‘lardim.

To‘g‘ri, Yigitali Mamajonov, Rayhon G‘anieva, Farhod Alimov – mashhur insonlar va aynan shu sababli ham ko‘p sonli muxlislar ularning shaxsiy hayoti bilan qiziqishadi. Biroq har qanday holatda ham biz muxlislardan ularning aytayotgan gaplariga, shaxsiy hayotlaridagi o‘zgarishlarga hurmat bilan qarashlarini so‘ragan bo‘lardik. Chunki, o‘ziga odamlarni jalb qilish istagida yangilikka “yangilik” qo‘shib, muxlislarga yolg‘on ma’lumot tarqatayotgan insonlar afsuski bor.

Voqealar rivojini biz bilan kuzating.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 43
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 565
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 345
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 470
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar