“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:25
ЎЗO‘Z

Yakzon Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi haqidagi gaplarga munosabatini bildirdi

26 okt, 19:18 19 389 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yakzon Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi haqidagi gaplarga munosabatini bildirdi Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Rayhon G‘anieva va boshlovchi Farhod Alimovning to‘yi bo‘layotgani haqidagi mish-mishlar tarqalayotganidan xabaringiz bor. Tasdig‘ini topmay kelayotgan ma’lumotlarga qaraganda, to‘y 29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu borada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva ham, boshlovchi Farhod Alimov ham fikr bildirishmadi.

To‘y haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida biz O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning do‘stlari bilan bog‘lanishga qaror qildik.

Ma’lumki, Rayhon G‘anievaning eng yaqin do‘stlari qatorida shoir va xonanda Yakzon alohida tilga olinadi. To‘g‘ri, bir necha yil avval ularning munosabatlariga darz ketgan edi. Biroq Rayhon va Yakzonning bugungi munosabatlari xuddi avvalgidek. Shu sabab biz shoir Yakzon bilan bog‘landik va do‘st sifatida juftlikning to‘yi borasidagi gap-so‘zlarga izoh so‘radik.

“Men Rayhon bilan do‘stman. U bilan ijod qilaman. Biroq uning shaxsiy hayotiga aralashmayman.

Rayhonning boshlovchi Farhod Alimov bilan shaxsiy munosabati haqida ham biror gap aytolmayman. Sababi, Rayhondan shaxsiy hayoti haqida hech narsani so‘ramayman”, deydi Yakzon biz bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon G‘anieva va Farhod Alimovnig to‘yi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga Rayhonning tug‘ilgan kunida tushilgan surat sabab bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, Farhod Alimov va Rayhon G‘anievaning do‘konda nikoh uzugi xarid qilayotganini ko‘rganlar ham topildi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra Farhod va Rayhonning nikoh to‘ylari O‘zbekistonda emas, boshqa mamlakatda tor doirada o‘tkazilishi ham aytilmoqda.

Biz bu boradagi savollar bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva hamda Farhod Alimov bilan bog‘lanishga harakat qilamiz.

Ma’lumot uchun, Rayhon G‘anievaning sobiq turmushidan ikki o‘g‘li, Farhod Alimovning esa ikki qizi va bir o‘g‘li bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 19
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 118
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 340
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 104
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 307
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 376
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar