“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 02:43
ЎЗO‘Z

Nobel-2016 mukofoti nomzodi ro‘za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab berdi

05 okt, 20:34 9 349 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nobel-2016 mukofoti nomzodi ro‘za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab berdi Bu yilgi Nobel mukofoti laureatlari ichida yaponiyalik olim Yosinori Osumining tadqiqotlari ro‘za tutish ya’ni ma’lum vaqt och qolishning organizmga katta foydasi borligini ilmiy isbotlab berdi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti xabar berdi.

71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yo‘nalishidagi jahonning eng ilg‘or mutaxassislaridan biri hisoblanadi.

Olimning kashfiyoti ochlikka moslashish va infeksiyalarga javob qaytarishi singari organizmdagi ko‘plab fiziologik jarayonlar uchun autofagiyaning o‘ta muhim ekanini isbotlab bergan. Autofagiya – bu “o‘z-o‘zini emoq” ma’nosini anglatib, organizmimizdagi zararli, chiqindi xo‘jayralardan tozalanishi demakdir. Mohiyatan autofagiya barcha tirik organizmlarga, shu jumladan odam tanasiga ham xos xususiyat. Ushbu muhim fiziologik jarayon tufayli hujayralar o‘zida yig‘ilib qolgan keraksiz qismlardan xalos bo‘ladi. Bu orqali esa, butun organizmning o‘zi keraksiz, ortiqcha chiqindi hujayralardan tozalanadi.

Ona tabiat hujayralarni shunday ajoyib, nozik va g‘oyat muhim xususiyat bilan ta’minlab qo‘ygan bo‘lib, u organizmni ortiqcha yoki zararli to‘qimalardan tozalash vazifasini bajaradi. Faqat bu jarayon organizmda eng elementar miqyosda, hujayralarning o‘zida va eng qizig‘i – avtomatik ravishda boradi.

Yosinori Osumi aniqlagan eng qiziq holatlardan biri – autofagiya organizmda eng faol ishlaydigan payti bu – odamning tanasi zo‘riqib ishlayotgan vaqti, masalan ochlik paytlari bo‘lar ekan. Ya’ni, ochlik orqali odam organizmi birinchi o‘rinda o‘zidagi turli darajada zararlangan kasallangan keraksiz hujayralardan qutulib, ularni energiyaga aylantirib iste’mol qilib yuborar ekan.

Boz ustiga, Osumining ilmiy kashfiyotini sinovdan o‘tkazgan boshqa mustaqil tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, autofagiya organizmni chiqitlardan tozalash orqali erta qarishni oldini olishga ham ulkan hissa qo‘shib, ustiga-ustak, yo‘q qilingan zararli hujayralar o‘rnini yangi yosh hujayralar bilan qoplash orqali, tananing yosharishiga ham xizmat qilar ekan.

Shu ma’noda, Nobel mukofoti sohibining mazkur kashfiyoti shuni tasdiqlamoqdaki, rejalashtirilgan ochlik organizmni haqiqatan ham turli chiqindilardan, toksinlardan va zaharlardan tozalash imkonini berar ekan. Ochlik, ya’ni, ro‘za orqali organizm haqiqatan ham tozalanib, turli kasalliklardan juda yaxshi profilaktikalanib olar ekan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 101
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 264
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 174
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar