“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 07:09
ЎЗO‘Z

Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan Prezidentlik vakolatlari vaqtincha Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi

08 sen, 23:34 10 038 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan Prezidentlik vakolatlari vaqtincha Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi Avvalroq, bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risidagi masala ko‘rilishi lozim edi.

Bugun, 8 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, taklif etilgan Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA'ga asoslanib Qalampir.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlaridagi ko‘p yillik tajribasini, aholi o‘rtasidagi hurmat-e’tiborini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatlarini bajarishni uning zimmasiga vaqtincha yuklash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning mazkur taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari, deputatlar va senatorlar hozirgi sharoitda barqarorlikni saqlash, jamoat xavfsizligini va huquq-tartibotni ta’minlash, mamlakatni rivojlantirishning eng muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini samarali hal etish zarurligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishini tashkil etish tavsiya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi shu bilan o‘z ishini yakunladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida 11 mar, 20:50
  • Shavkat Mirziyoyev shu hafta Turkiyaga boradi 17 fev, 18:53
  • Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi 25 avg, 13:57
  • O‘zbekiston Prezidenti «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi 27 мая, 15:09
  • O‘zbekiston parlamentida Demokratik blok tashkil etildi 14 mar, 16:45
  • Prezident «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi 04 dek, 16:54
  • So'nggi yangiliklar
  • Abramovning chiroyli ibtidosi sharmandali intiho bilan yakunlandi 17 iyun, 23:41 256
  • Esingizdan chiqmasin, terma jamoa - bu xalqniki! Navbatdagisi shunchaki muvaffaqiyatsizlik emas, bunga kim javob beradi? 17 iyun, 23:19 694
  • Murod Rizayev: Abramovning eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani 17 iyun, 22:30 935
  • MIB: Oqoltin tumanida uch yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi 17 iyun, 22:06 388
  • Ishdan keyin oyoq og‘rishining asosiy sabablari va bundan xalos bo‘lish yechimlari 17 iyun, 21:30 573
  • Kolbasa o‘g‘risi qo‘lga tushdi 17 iyun, 21:16 489
  • Erkaklar salomatligi uchun juda foydali mahsulot 17 iyun, 21:14 864
  • Fatvo hay’ati: «Chigirtka halol. Ko‘ngli ko‘targan bemalol yeyishi mumkin» 17 iyun, 19:45 814
  • Putin va Bayden uchrashuvda bir-biriga qanday sovg‘a bergani ma’lum bo‘ldi 17 iyun, 19:01 1 042
  • «Endi har bir xonadonga biznes-reja yozib beriladi» — Prezident 17 iyun, 18:30 447
  • Ochiqlik sari katta qadam. Prezident farmoni e'lon qilindi 17 iyun, 17:47 1 091
  • Vadim Abramov iste’foga chiqarildimi? 17 iyun, 17:17 1 060
  • Bo‘limlar