“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:59
ЎЗO‘Z

Rossiyalik uchuvchi Instagram yulduziga aylandi

24 avg, 12:56 10 772 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik uchuvchi Instagram yulduziga aylandi Instagramda S7 aviakompaniyasining ikkinchi uchuvchisi Yuriy Yashin boshqarib boradigan sahifa mashhur bo‘lib bormoqda. U Salexarddan Gresiyagacha, Dublindan Semeygacha (Qozog‘istondagi shahar, sobiq Semipalatinsk) — reyslar orasidagi tanaffus vaqtida uchuvchi bulutlar orasida bahaybat "po‘lat qush"dan turib olingan suratlarni joylashtirib boradi.
Yuriyning otasi va bobosi ham uchuvchi bo‘lgan. O‘zi esa Ulyanovskiy nomidagi fuqarolar aviasiya institutini tamomlagan.


«Aslida parvoz paytida suratlar olishga vaqt ko‘p bo‘ladi. Hozir aviasiyada kema kapitani va ikkinchi uchuvchi o‘rtasida vazifalar aniq bo‘lib olinadi: barcha majburiyatlar teng taqsimlanadi. Uchuvchilar barcha ishni birga bajarishadi: hujjatlarni yig‘adi, samolyotga quyiladigan yoqilg‘i miqdori haqida qaror chiqaradi va boshqalar», — deydi Yuriy NSN axborot agentligiga bergan intervyusida.



Yuriy Canon Mark 2 fotoapparatida tasvirga oladi. Ba’zan esa instagramga mobil telefoni orqali olingan suratlarni ham joylaydi.



Uchuvchi bolaligidan surat olishga qiziqib keladi, hattoki maktab vaqtida fototo‘garaklarga ham qatnagan. Shundan so‘ng u o‘ziga qizil chiroqli xonada sirli dunyoni ochadi.




«Instagram sahifasining mashhurligiga mening suratlarim ta’sirliligi sabab bo‘ldi. Men hech qachon o‘z sahifamni piar qilmaganman. Men shunchaki qiziqarli ish bilan bandman, ishimni tasvirlayman va uni insonlar bilan bo‘lishgim keladi», — deydi Yuriy.


«Yirik tog‘ tizmalari yoki chuqur ko‘llar yo‘q bo‘lgan oddiy osmon ostida parvoz qila turib, osmon va erda ajoyib suratlar paydo bo‘lishini ta’riflashga til ojiz. Qaysi yo‘nalish go‘zalroq bo‘lishini aytish mushkul — ko‘pchiligi atmosfera, fasl va shaffoflikka bog‘liq. Yaxshi fotosurat reseptini aytib bo‘lmaydi, sababi ularning har biri betakror. Eng katta qadr-qimmat mana shunda», — deb hisoblaydi Yuriy.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 119
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 89
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 208
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 322
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 167
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar