Sana’tkorlarga ham qiyin ayniqsa u ayol bo‘lsa. Xonanda Iroda Iralieva Hordiq nashriga bergan intervyusida kasbining salbiy taraflari haqida gapirdi, deb yozmoqda Diydoraziz.uz sayti.
“Men tanlagan kasbimning og‘ir taraflari borligini bilaman. Ayniqsa, ayol xonandaga juda og‘ir botadi. Bu holat so‘nggi yillarda kamaydi, biroq to‘yda qo‘shiq aytayotgan vaqtingizda ichib olgan erkaklar kelib, falon qo‘shiqni kuylashni iltimos qilib ketishi… Shunday paytda ichgan erkakni urib yuborishimga oz qoladi “Eh ayolman-da…” deyman.”