“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:32
ЎЗO‘Z

Atir iforini saqlab qolishning 7 asosiy qoidasi

15 iyul, 10:16 10 711 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Atir iforini saqlab qolishning 7 asosiy qoidasi Atir iforini uzoqroq saqlash, uning umrini uzaytirish uchun nima qilish kerak? Atirning uzoq muddat saqlash uchun qorong‘i, havo kirmaydigan joyda saqlash lozim, quyida uning 7 asosiy qoidaci bilan sizni “Lady.mail.ru” nashriga asoslanib “Darakchi” tanishtiradi.

1. Yorug‘likdan asrash
Parfyumeriya xom ashyosi molekulasining tarkibi o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi aldegid, spirt, efir, terpen, laktonlardan iboratdir. Quyosh nuri kimyoviy reaksiyaga kirishish jarayonini tezlashtirishi oqibatida muattar hid yo‘qoladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarilgan atirlarga maxsus antioksidantlar va kimyoviy jarayonni sekinlashtiruvchi ingibitor moddasi qo‘shilsa-da, bu jarayonni to‘xtatishning iloji yo‘q. Shuning uchun atirni uzoq muddat saqlashning eng yaxshi yo‘li uni qorong‘ilikda asrashdir.

2. Qizdirib yubormaslik
Atirlarni saqlashning eng optimal harorati 17-22 daraja bo‘lishi lozim. Yuqori harorat suyuqlikning rangini o‘zgartirib, uni loyqalantirib qo‘yadi, uning hidi ham o‘zgaradi, bora-bora sasib qoladi. Aksariyat ayollar atirni muzlatkichda saqlash lozim, deb hisoblaydi. Ammo bu xato fikr. Chunki +5 darajali haroratda asosan aldegid, sitrusli, mushkli reaktiv parfyumeriya mahsulotlarini saqlash mumkin.

3. Havo o‘tkazmaslik
Bu qoida pulvizator-spreyi bo‘lmagan splesh-atir shishalarga tegishlidir. Bunday shishali atirlardan foydalangandan keyin qopqog‘ini mahkam berkitish zarur. Havo tarkibidagi kislorod kuchli oksidlovchi xususiyatga egadir, u parfyumeriya suyuqligi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Bu jarayonni og‘zi ochilgan vinoning tezlikda oksidlanishi bilan tenglashtirish mumkin. Shisha ichida qolgan vino ta’mi bir haftadan keyin o‘zgaradi.

4. Namlikni nazorat qilish
Haroratning keskin o‘zgarishi ta’sir qilishidan tashqari, atirlarga optimal darajadagi namlik kerak. Atirni namlik yuqori bo‘lgan, issiq vannada saqlab bo‘lmaydi, aks holda buzilish jarayoni tezlashadi. Issitish batareyasi yonidagi tokcha yoki javon ham yaxshi joy emas, chunki bu erda havo juda quruq bo‘ladi. Atirni saqlash uchun eng qulay joy quyosh nuri tushmaydigan, eshigi mahkam yopiladigan shkafdir.

5. Atirni qo‘lingiz yordamida surtmang

Pulverizatori bo‘lmagan atir sotib oladigan bo‘lsangiz, hech qachon atirni barmog‘ingiz yordamida surtmang. Chunki atirga teri va unda mavjud yog‘lar tushadi, qarabsizki, atirning tarkibi buziladi.

6. Atirni qutisida saqlash shart emas...

Atir sotib olgan kunimiz uni qutisidan chiqarib, qutini irg‘itib yuborishga harakat qilamiz. Chunki undan foydalanayotganda har kuni qutidan chiqarishga erinamiz. Qutini olib qo‘yasizmi, yo‘qmi xohishingiz. Atir kolleksiya qiluvchilar ularni tasniflash uchungina qutida saqlashadi. Bundan tashqari quti atir shishasini turli shikastlardan saqlaydi. Agar javoningizda 5-6 ta atir shishasi turgan bo‘lsa, ularni qutida saqlash shart emas.

7. …saqlash muddatiga ham e’tibor berish lozim
“Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun”ga binoan atirlarning ustida saqlash muddati 3-5 yil deb ko‘rsatilgan. Saqlash muddati o‘tib ketgan atirlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Oziq-ovqat mahsulotlarining, dori-darmonning saqlash muddati tugagan bo‘lsa, ularni tashlab yuborish kerak, ammo yaxshi sharoitda saqlangan atirlarning umri chegaralanmagan. Bunday atirlarni meros sifatida qoldirib, hatto asrlar davomida ishlatish mumkin. Uning hidi o‘zgarishi mumkin, ammo tarkibi buzilmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 140
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 93
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 209
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 326
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 167
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 286
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar