“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:12
ЎЗO‘Z

Xitoyda 1 martdan boshlab internetga anonim niklar orqali kirish taqiqlanadi

01 mar, 14:50 8 294 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda 1 martdan boshlab internetga anonim niklar orqali kirish taqiqlanadi Xitoyda internet-foydalanuvchilarning qayd qilish yozuvlarini olib borishni tartibga solish va tarmoqdagi axborotni kuchliroq nazorat qilishni nazarda tutuvchi yangi qoidalar joriy qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” nashriga asoslanib, kun.uz xabar beradi.

“Akkauntlarning o‘n qoidasi” Xitoyda 4 fevraldayoq chop etilgan edi. Bu qoidalar 1 martdan boshlab internetda xorijiy davlatlar rahbarlari, mashhur insonlar nomlari va boshqa o‘ylab topilgan nomlardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutadi. Shu tariqa, 1 martdan boshlab xitoylik foydalanuvchilar internetda ro‘yxatdan o‘tganida, o‘z ism-shariflarini ko‘rsatishi lozim bo‘ladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, avatarlar hamda davlat va jamiyatga zarar keltiruvchi istalgan axborotdan foydalanish man qilinadi. Bundan tashqari, mamlakatning diniy siyosatiga futur etkazuvchi va millatlaro adovatga undovchi ma’lumotlarni tarqatish ham noqonuniy hisoblanadi. Pornografik, ekstremistik yo‘nalishdagi materiallarni tarqatish, qimor o‘yinlari, fohishabozlik va boshqa zararli odatlarni targ‘ib qilish taqiqlanadi.

Bu qoida chop etilganidan keyin Xitoydagi internet-kompaniyalar qayd qilish yozuvlarini tartibga solishni boshlashgan. Kompaniyalarning bunday “o‘z o‘zini tekshirishlari”ni hukumat “ijobiy holat” deb baholadi.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 491
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 445
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 684
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 107
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar