“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 23:38
ЎЗO‘Z

Obid Asomov taniqli xonandalardan biri avtohalokatga uchrab, og‘ir ahvolda yotganini xabar qildi

30 iyun, 12:19 15 886 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Obid Asomov taniqli xonandalardan biri avtohalokatga uchrab, og‘ir ahvolda yotganini xabar qildi Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga vodiylik xonanda Ahror Usmonovning suratini joylashtirib, uning ahvoli og‘ir ekanini aytib, muxlislariga yuzlandi., deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

“Inson ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. Bandamiz, taqdirimiz Yaratganning qo‘lida. Ajoyib ovoz sohibi, zo‘r qo‘chiqchi, yaxshi ukam Ahror Usmonov mana, bir haftadirki, avtohalokatga uchrab, juda og‘ir ahvolda yotibdi. Duo bilan el ko‘karadi. Muxlislarimizdan iltimos, shundoq aziz kunlarda shu yigitning haqiga duo qilinglar Bolalarining baxtiga, o‘zbek san’atining baxtiga sog‘ayib ketsin!”, deb yozadi Asomov.

Ma’lum bo‘lishicha, Ahror Usmonov ayni damda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida yotibdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Obid Asomovning yozganlariga nisbatan o‘z munosabatini bildarar ekan, har kuni falonchining tug‘ilgan kuni yoki konserti deb suratini reklama qiladiganlar Obid Asomovdan o‘rnak olib, boshiga kulfat tushganda, qo‘llab-quvvatlashni o‘rganishi kerakligini aytishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ahror Usmonov hamkasbi Alijon Isoqovga tegishli Toyota Land Cruiser Prado avtomobilida halokatga uchragan. O‘sha vaqtda avtomobilni Usmonovning turmush o‘rtog‘i boshqarayotgan bo‘lgan. Mashinada Alijon Isoqov, Ahror Usmonov va uning turmush o‘rtog‘idan tashqari, Usmonovning uch qizi va shogirdi ham bo‘lgan.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ahror Usmonov va uning oila a’zolariga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 145
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 227
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 91
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 89
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 55
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 156
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 36
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 390
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 359
  • Bo‘limlar