“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:22
ЎЗO‘Z

Xitoy O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollarlik kredit taqdim qiladi

30 iyun, 12:11 7 597 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollarlik kredit taqdim qiladi Xitoy O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollarlik kredit taqdim qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Xitoy raisining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldidagi nutqida ma’lum qilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Xitoy raisi Si Szinpin o‘tgan haftada ShHT sammiti doirasida O‘zbekistonga davlat tashrifi uyushtirgandi.

Islom Karimov va Si Szinpin tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdilar hamda Senat va Qonunchilik palatasi a’zolari oldida nutq so‘zladilar. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi 29 iyunda o‘z saytida ikki davlat rahbarining ushbu nutqlarini chop etdi.

Islom Karimov o‘z nutqida O‘zbekiston va Xitoy muzokaralar natijalariga ko‘ra ko‘plab hujjatlar imzolagani, bu hujjatlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilashini ta’kidlab o‘tgan.

"Biz, shu jumladan Xitoy tomonidan O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollar kredit ko‘rinishida ajratilishi haqidagi hujjatlarni imzoladik, umumiy hisobda esa 6,2 mlrd dollarlik ob’ektlar qurilishi ko‘zda tutilmoqda", deb aytgan o‘z nutqida Islom Karimov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 106
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar