“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:05
ЎЗO‘Z

Agent va ota Neymarga «Real», «PSJ» yoki «MYu» jamoalaridan biriga o‘tishni maslahat qilmoqda

20 iyun, 12:48 5 694 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Agent va ota Neymarga «Real», «PSJ» yoki «MYu» jamoalaridan biriga o‘tishni maslahat qilmoqda «Barselona» jamoasining 2 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan hujumchisi Neymar «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» jamoalaridan berilayotgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda, deyiladi "Kun" nashrida. Bu jamoalarning har biri uning shartnomasida ko‘rsatilgan 192 million evro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor.

Tribuna nashri ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar 24 yoshli bu braziliyalikka yiliga 15 million evrodan to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Parijliklar Neymarga yiliga 18,5 million evrodan maosh to‘lamoqchi, bu miqdor bonuslar hisobiga yiliga 28 million evroni tashkil qilishi ham mumkin.

Manchesterliklar esa hujumchini o‘z safiga jalb qilish uchun unga 17 million evro miqdoridagi yillik maosh tayinlashga tayyor.

Bu vaqtda «Barselona» futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, uning yillik maoshi miqdorini 9 million evrodan 14 million evroga oshirmoqchi.

Futbolchining otasi Neymar da Silva hamda uning agenti Vagner Ribeyro uni «Barselona»dan ketishga va takliflardan birini qabul qilishga undamoqda.

Bundan oldinroq, Neymar «Barselona» bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirishi haqida xabarlar berilgandi. Ammo shu vaqtgacha bu ro‘y bermadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 63
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 315
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 224
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 157
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar