“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:07
ЎЗO‘Z

Opera’ning kompyuter uchun yangi versiyasida batareya quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ldi

09 iyun, 13:06 6 736 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Opera’ning kompyuter uchun yangi versiyasida batareya quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ldi Opera’ning kompyuterlar uchun yangi muqobil versiyasida batareya quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ldi, deb yozmoqda "Kun" nashri. Avvalroq texnologiya brauzerning dasturchilar uchun sinov versiyasida ishlatib ko‘rilgan edi. O‘tkazilgan test natijalari shuni ko‘rsatdiki, mazkur funksiya noutbuk avtonom ish vaqtini o‘rtacha 50 foizgacha uzaytiradi va bir vaqtning o‘zida uni qizib ketishidan himoya qiladi. Batareya zaryadini tejash bir qancha jarayonlarni optimallashtirish tufayli amalga oshirildi. Jumladan, muhim bo‘lmagan tizim vazifalarining soni qisqartirildi. Shunday bo‘lsa ham, brauzer avvalgidek maksimal tezlikda ishlashda davom etadi.

Dasturchilar o‘tkazgan test sinovi , Opera’ning batareya zaryadini tejaydigan funksiyasi hamda reklamani bloklash bilan ishlaydigan so‘nggi versiyasida noutbuk Google Chrome brauzeriga nisbatan 50 foizgacha uzoqroq ishladi. Bundan tashqari, noutbuk quvvatni faol tarzda iste’mol qilsa, qurilma qizib ketish holati kuzatiladi. Yangi funksiyali Opera noutbukning isish haroratini 3 darajagacha pasaytiradi. Ish jarayonida batareya quvvatini tejash funksiyasini akkumulyatordan noutbukka yoqish mumkin. Noutbuk kabeli uzilishi bilan qidiruv manzillari chizig‘i yonida batareya quvvatini tejash belgisi paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi mana shu belgini bosib, batareya quvvatini tejash rejimini ishga tushiradi. Shuningdek, brauzer o‘zi ham noutbuk zaryadi 20 foizdan kamayganida mazkur rejimni qo‘llashni taklif etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 90
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar