“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:31
ЎЗO‘Z

Rayhonning shifobaxsh xossalari

14 мая, 21:54 50 821 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rayhonning shifobaxsh xossalari RAYHON(Ocimum) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘tlar, chala va past bo‘yli butalar turkumi; manzarali, dorivor va ziravor ekin. 60 (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 150) turi tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Evgenol Rayhon (O.gratissimum) turi Janubiy Afrika, Hindiston, Shri Lanka, Gruziya, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi janubida (oz miqdorda) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Issiqsevar, namsevar, yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Bargi yirik, tuxumsimon, gullari oq yoki pushti, rayhon poya va novdalari ichida boshoqsimon to‘pgulga yig‘ilgan. Yashil massasi tarkibida 0,3% efir moyi bor (efir moyining 70% ini atir-upa, oziq-ovqat sanoati va tibbiyotida ishlatiladigan evgenol moddasi tashkil etadi). Urug‘i erta bahorda issiqxona va parniklarga sepiladi, dalaga ko‘chat qilib ekiladi. Hosildorligi 40—80 s/ga ko‘k massa. Janubiy Osiyodan kelib chiqqan O.basilicum (oddiy rayhon) turi O‘zbekistonda manzarali, oshko‘k va ziravor ekin sifatida o‘stiriladi. Bo‘yi 25— 40 sm, gultojisi 2 labli, may-oktyabr oylarida gullab urug‘laydi, ko‘chat qilib ekiladi. Bargining rangi va o‘simlik shakliga qarab oq rayhon, osh rayhon, sada rayhon, qora rayhon, hoji rayhon kabi xillarga bo‘linadi. Ularning 300 dan ortiq navi bor.

Kimyoviy tarkibi

O‘simlikning erusti ko‘kat qismida 1-1,5% efir moyi, 6% gacha xushbo‘y moddalar, glikozidlar, saponinlar, mineral moddalar, askorbin kislotasi, qand, biriktiruvchi modda, oqsil, R vitamini, A provitamini va kamfora bor.

Rayhon — qadimiy o‘simlik. Uning nomi ham “xushbo‘y hid taratuvchi” ma’nosini beradi. Bu ko‘katni barchamiz xush ko‘ramiz. Shoirlar unga bag‘ishlab she’rlar bitishgan. Yurtimizda rayhonning yana bir turi jambil ham etishtiriladi. Rayhonning barcha turlari turli taomlarga, salatlarga qo‘shib iste’mol qilinadi.

Davolash maqsadida uning hamma qismlari — ildizi, tanasi, shoxchalari va barglari ishlatiladi. Xalq tabobatida keng foydalaniladi. Ko‘katining damlamasi gastrit, kolit, pielitda, ko‘kyo‘talda yo‘talga qarshi vosita sifatida, nevrozda, bosh og‘rig‘ida, bronxial astmada, ichak va jigar illatlarida, qorin dam bo‘lishida, ishtaha yo‘qolganida, qon bosimi pasayganida, buyrak va qovuq shamollashlarida, umumiy shamollash va tumovda, shuningdek emizikli onalarda ko‘krak suti ajralishini yaxshilashda iste’mol qilinadi. Barglari damlamasi angina va stomatitda g‘arg‘ara qilib og‘izni chayib ishlatiladi. Bezgakka qarshi vosita sifatida ichish tavsiya etiladi.

Rayhon o‘simligi qaynatmasi, tish og‘rig‘ida, stomatitda, anginada og‘riqni qoldirish vositasi sifatida og‘iz bo‘shlig‘ini g‘arg‘ara qilish, bitishi qiyin turli yaralarda malham sifatida dokani qaynatmada ho‘llab qo‘yish tavsiya etiladi. Yangi uzib olingan rayhon barglari sharbati quloq shamollashida, ekzemada va bitishi qiyin yaralarda tavsiya etiladi.

Rayhondan foydalanish

Amaldarayhonning hamma qismlaridan ildizidan tortib to barglarigacha keng foydalaniladi. Pazandalikda — uning barglari ajoyib ziravor.

Bu o‘simlikni konservalash sanoatida ham ishlatiladi.

O‘simlik kamfara, evgenol, efir moyi olish manbaidir. Bu mahsulotlar oziq-ovqat sanoatida, pardoz-andoz vositalari ishlab chiqarishda xushbo‘ylik beruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Yana u xushbo‘y vanilin olinadigan xom ashyodir.

Rayhonning shifobaxsh xossalari

Rayhonni haqli ravishda xonaki dori-darmonlar manbai deb atash mumkin. Agar u gultuvakda xonangiz derazasida o‘sayotgan bo‘lsa, infeksiya va turli shamollash kasalliklaridan himoyangiz ta’minlangan deb hisoblash mumkin. Viruslarga, infeksiyalarga va mikroblarga qarshi kurashuvchanlik xossalari tufayli, u tabiiy antibiotik vosita deb tan olingan.

Bu tabiiy shifobaxsh vosita kishi og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud bo‘lgan mikroblarning 99 % ini yo‘q qilish xususiyatiga ega. U tishlarda yig‘ilgan tosh, kariesga qarshi kurashchan sinalgan vositadir. Uning qaynatma va damlamasi milklarni ham mustahkamlaydi.

Tarkibidagi foydali va shifobaxsh moddalar sababidan u kishidagi turli bosh og‘riqlarni davolaydi. Bunday bosh og‘rig‘i migrenmi, qon bosimi natijasimi yoki shamollashdan kelib chiqqanmi, buning farqi yo‘q.

Rayhon damlamasi yo‘talni qoldirishda, ayniqsa ko‘kyo‘talda, chiroyli kutilgan natija beradi. Rayhon insonda o‘pka va nafas yo‘llaridagi turli xastaliklarni davolashda ham yaxshi vosita. Undan hatto sil kasalligini davolashda foydalaniladi.

Rayhonda mavjud bo‘lgan shifobaxsh moddalar yomon xolesterinni bartaraf qiluvchi vositadir. Shuning uchun bu o‘simlikni yurak xastaligi bor kishilar uchun ovqat tarkibiga qo‘shish tavsiya etiladi.

Rayhon yordamida buyrakdagi toshlarga qarshi kurashish ham mumkin. Uning tarkibidagi moddalar peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lib, o‘tkazilgan tadqiqotlar buyraklarda paydo bo‘lgan toshlarni eritib yuborishini isbotlagan. O‘simlikning og‘riq qoldirish xossasi buyrak sanchib og‘rishini bartaraf etadi.

Rayhon barglari qaynatib tindirilgan damlamasi gastrit, kolit, meteorizm (qorin dam bo‘lishida) ichiladi va bu yaxshi natija beradi.

U asab tizimini tinchlantiradi, tushkunlikka barham beradi, immun tizimini mustahkamlaydi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar rayhon iste’mol qilish yomon shishlar o‘sishini va OITS rivojlanishini to‘xtatishini ko‘rsatgan.

Bu ajoyib o‘simlik radiasiya ta’siri oqibatlarini davolashda ham qo‘l keladi. Uni muntazam iste’mol qilish, hatto chechakka qarshi vaksina sifatida xizmat qiladi.

Rayhonning foydalari

Shubhasiz, rayhonning kishi organizmi uchun foydalari cheksiz, chunki u juda ko‘p turdagi va katta miqdorda foydali moddalarga va mislsiz shifobaxsh xossalarga ega. U turli kasalliklarning oldini olish va davolashda ishlatiladi. Shuningdek, rayhonning organizmni umumiy mustahkamlashda foydasi katta, u kuch-quvvatni tiklaydi. Uni yangi uzilgan, quritilgan, qaynatma va damlama shaklida iste’mol qilinadi. Quritilgan holda u o‘zining ko‘pgina foydali xossalarini yo‘qotadi, shuning uchun uning yangi uzilgan barglarini iste’mol qilish afzal.

Rayhonning xossalari:

* Silliq muskulli organlar (me’da-ichak, jinsiy a’zolar, qon tomirlari)ning qisqarishi (spazm)ni bo‘shashtiruvchi vosita.

* Turli mikroblar va viruslarga barham beruvchi o‘simlik.

* Jarohatni bitiruvchi vosita.

* Salomatlikni umumiy mustahkamlovchi tabiiy shifobaxsh o‘simlik.

* Shamollashga qarshi foydali vosita.

* Peshob haydovchi vosita.

Rayhonning inson salomatligiga ijobiy ta’sirlari

Rayhondagi katta miqdorda mavjud bo‘lgan foydali shifobaxsh vitaminlar erkaklarning ham ayollarning ham peshob yo‘llari shamollash kasalliklarini davolashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Emizikli onalarda sut miqdorini ko‘paytirishda yangi uzilgan rayhon barglaridan damlangan choy ichish ajoyib foydali vositadir. Bundan tashqari rayhon inson organizmi barcha a’zolarida qon aylanishini yaxshilaydi, kishi sog‘lig‘ini mustahkamlaydi.

Buyrak kasalliklarida

Rayhon ajoyib peshob haydovchi vositadir, ortiqcha peshob kislotasini chiqarib yuboradi, bu ko‘kat paydo bo‘layotgan kichik toshlarni eritib, og‘riqni pasaytiradi. Bundan tashqari, uni muntazam iste’mol qilish kishida peshob yo‘llari tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Rayhonning asab, yurak-qon tomirlari kasalliklarida foydalari

Rayhon asab tizimi faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U kishida asabiylashuv va xavotirni pasaytiradi, toliqishni bartaraf etadi, inson organizmida vujudga kelgan asabiylik holati salbiy ta’sirini kamaytiradi. Bu o‘simlikni iste’mol qilish bosh og‘rig‘ida ham yaxshi foyda beradi, yurakda bo‘ladigan og‘riqni pasaytiradi. O‘simlikdagi minerallar inson yuragi to‘qimalari faoliyatini sezilarli yaxshilaydi va arterial qon bosimini me’yoriga keltiradi. O‘simlik barglaridagi temir moddasi organizmni kislorod bilan to‘yintirib, immunitetni ko‘taradi.

Inson salomatligini umumiy mustahkamlovchi vosita

Rayhonning umumiy mustahkamlovchi xossalari inson organizmi faoliyatini sezilarli yaxshilaydi. Aytib o‘tilganidek, immunitetni mustahkamlaydi. Og‘ir jarohatlar va tibbiy jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirilganda, uni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Rayhonni muntazam iste’mol qilish — qon tomirlari uchun yaxshi foyda beradi, ularning holati sezilarli yaxshilanadi, o‘simlik tirnoq va soch o‘sishiga ham yordam beradi. Organizm qartayishining oldini oladi. Kamkaloriyaligidan ortiqcha vaznli kishilarga ham tavsiya etiladi, badandagi ortiqcha yog‘ni yaxshi eritadi, qorin dam bo‘lishini bartaraf etadi. Shuningdek, jarohatlar bitishini tezlashtiradi, allergik teri kasalliklari (dermatit) xurujini pasaytiradi.

Nafas yo‘llari kasalliklarida

Rayhon tarkibida katta miqdorda mavjud bo‘lganefir moylari va vitamin nafas yo‘llari bir qator xastaliklarini davolashda ham yordam beradi. O‘pkaning turli xil shamollashlarida, bronx yo‘llari kasalliklarida ham foydali shifobaxsh vositadir. Shuningdek, u turli yuqumli kasalliklar va shamollashlarga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Rayhon iste’mol qilinayotgan antibiotiklar ta’sirini yanada yaxshilaydi. Undan turli damlama, ingalyasiya, kompress va doka ho‘llab malham vositasi sifatida ham foydalanish mumkin.

Rayhonning zararlari

* Homilador ayollarga rayhon iste’mol qilish qat’iyan man etiladi (bu homilani barvaqt tushishiga olib kelishi mumkin).

* Emizikli onalar rayhonni suiste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim.

* Maktabgacha yoshdagi bolalarga rayhonni iste’mol qilish uchun berish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.

Shubhasiz rayhonning foydasi, birinchi navbatda uning ajoyib shifobaxsh xususiyatlarida. Shuning uchun ham rayhonni iste’mol qilishda oqilona yo‘l tuting va salomat bo‘ling!

Manba: muslim.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 59
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 183
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 66
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 206
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 157
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 323
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar