“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:26
ЎЗO‘Z

Eng yaxshi 4 ta tabiiy antibiotik

13 мая, 15:22 20 733 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng yaxshi 4 ta tabiiy antibiotik 1. Erqalampir (xren).

Juda kuchli tabiiy antibiotiklar sirasiga kiradi.

Traxeit, bronxit, davomli yo‘talda: 1 qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan erqalampirni 3 qoshiq asal bilan aralashtirib tindirilib, bir kunda 1 mahal 1 choy qoshig‘idan iste’mol qilinadi.

Sistit va uretritda: 1 qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan erqalampirni 100ml qaynoq suv bilan aralashtirib 5 daqiqa usti yopib tindirib qo‘yiladi va bir kunda 3-4 piyoladan ichiladi.

2. Klyukva (qizil nordon meva).

Bu meva antibiotik va viruslarga qarshi modda sifatida qo‘llaniladi.Siydik qopi va yo‘lini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Klyukva, to‘qimalarni tashqi muhitning salbiy ta’siridan himoyalovchi antioksidantdir.

Klyukva bakteriyalarni o‘ldiradigan, peshob haydovchi va shamollashga qarshi kurashishda tengi yo‘q meva hisoblanadi.

Malham tayyolash uchun: Klyukva va brusnika mevalarini (3:1) shakar bilan obdon aralashtirib, ezib, 2 osh qoshig‘iga 0,5 litr iliq suv aralashtirib tayyorlanadi.

3. Sarimsoq.

Sarimsoq qondan, ichki a’zolardan va nafas yo‘llaridan zararli bakteriyalarni va ichak parazitlarini chiqarishga yordam beradi. Qon bosimini tushirib, tromb hosil bo‘lishini oldini oladi. Sarimsoqni iste’mol qilganda, saratonga qarshi kurashuvchi va antioksidant bo‘lgani bois, organizm zararli moddalardan tozalanadi. Sarimsoqning bir bo‘lakchasida 400ta foydali tarkibiy qism mavjud. Ular qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi, miya saratonini keltirib chiqaruvchi multiformali glioblastoma hujayralarini o‘ldiradi, tuberkulyoz tayoqchasi, ichak tayoqchasi va xelikobakter (oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi)larni yo‘q qiladi, ichakdagi gijjalarni xaydaydi.

Sarimsoqdan tayorlanadigan 100 dardga da’vo ichimlik tayyorlash uchun: Ochiq rangli shisha idishga 12 dona sarimsoqni 4ga bo‘lib, 3 katta piyolada qizil sharob bilan arlashtirib, og‘zini yopib deraza yoniga (quyoshli joyga) 2 haftaga qo‘yiladi. Har kuni 3 marta qo‘zg‘ab qo‘yiladi. 2 haftadan so‘ng dokadan suzib olib, qora rangli shisha idishga solib qo‘yiladi. 1oy davomida kuniga 1 qoshiqdan 3 marta qabul qilinadi.

Bo‘ mo‘’jizakor ichimlik organizmni tuzdan tozalaydi, qonni tozalaydi, immunitetni oshiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. Ayollar kasalliklari va shamollash uchun ham foydali.

4. Rayhon.

Yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardan va infeksiyalardan tozalaydi.

Angina uchun: 4 qoshiq maydalangan rayhon bargini 250ml qaynagan suvga solib 20 daqiqa davomida qanating va suzib olib, kun davomida 2-3 marta iliq xolda tomog‘ingizni chaying.

Qovoqlar shamollashi uchun: 2 qoshiq maydalangan rayhon barglarini 500ml qaynagan suvga soling va sovutib suzgichdan o‘tkazing. Malhamga dokani botirib qovoqlaringiz ustiga qo‘ying.

Bosh og‘rig‘ida: Rayhon, mavrak, limono‘tni baravar aralashtirib 1 choy qoshig‘ini 200ml qaynagan suvga aralashtirib, 20 daqiqa tindiring va suzib olgch, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib iching. Bu ichimlik bezovtalikdan xalos qilib, tinchlantirish xususiyatiga ham ega.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 180
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 64
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 198
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 154
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 127
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar