“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:03
ЎЗO‘Z

Biologlar ona sutining sirini ochishdi

20 apr, 18:37 12 822 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biologlar ona sutining sirini ochishdi Syurix universiteti fiziologiya Instituti biologlari inson ko‘krak suti sut emizuvchilar orasida eng murakkab tarkibga ega ekanini ko‘rsatuvchi maqola chop etishdi. Unda 200dan ortiq turli shakarlar bor. Bu mol suti tarkibidagidan ko‘proq. Tadqiqot Trends in Biochemical Sciences jurnalida chop etildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Olimlarning fikricha, sutning tarkibi va uning emizish davri mobaynida o‘zgarib borishi chaqaloqning immun tizimi va shakllanayotgan ichak mikrobiomi – oshqozon-ichak traktida mikroorganizmlarning tarqalishi bilan bog‘liq.

Sut tarkibidagi shakar bolaning qorni to‘yishi uchun emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning organizmi bakteriyalardan xoli bo‘lgani sababli uglevodlar unda ichak mikroorganizmlarini etishtirish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, ona suti patogenlar o‘sishini susaytiruvchi hamda chaqaloq qonida oq qon tanachalarini faollashtirish xususiyatiga ega intijism va molekulalarga boy. Bir oydan so‘ng, bolada orttirilgan immunitet shakllana boshlagach, sut tarkibi o‘zgarib boradi. Ona antijismlari darajasi 90 foizdan ortiq pasayadi. Shuningdek, shakarlar turli-tumanligi kamayadi, biroq bolaning o‘sishini ta’minlovchi yog‘lar va boshqa ozuqaviy moddalar soni ortadi.

Sutning ko‘plab foydali jihatlariga qaramasdan, bolalar ko‘krak sutisiz ham sog‘lom o‘sishi mumkin. Biroq ko‘krak suti bolalar o‘limini kamaytirish va ichak va nafas yo‘llari infeksiyalari xastaliklariga chalinish xavfini pasaytirish xususiyatiga ega.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, million yillar evolyusiyasi mahsuli bo‘lgan ko‘krak suti tarkibi borasida chaqaloqlar uchun eng ma’qul ozuqa hisoblanadi. Lekin ko‘krak suti bilan bolani qaysi davrgacha oziqlantirish to‘g‘ri bo‘lishi hamon noma’lum. Buni har bir ona o‘zi hal qilishi lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • XXI asr odamining doimiy “hamrohi”: Aksariyat kasalliklarning asl sababi stressmi? (1-qism) 20 sen, 18:44 6
  • Mutaxassis maslahati: asablar zo‘riqishi sindromidan qanday qutulish mumkin? 19 sen, 22:46 21
  • Nafas qisishi: Uning qanday sabablari bor? 18 sen, 18:58 19
  • Bosh nima uchun og‘riydi? Ko‘pchilik taxmin qilmagan sabablar 18 sen, 18:08 25
  • Adenoidlarni vaqtida davolash kerak: miya “tormozlanadi” va yuz tuzilishi o‘zgaradi 17 sen, 21:12 58
  • Yod tanqisligi: paydo bo‘lish sabablari, xavfli tomonlari va unga qarshi qanday kurashish kerak? 15 sen, 20:37 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar