“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:07
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov nega 5:0 dan keyin xursand emasligini tushuntirdi

10 okt, 19:57 2 242 Sport
Vadim Abramov nega 5:0 dan keyin xursand emasligini tushuntirdi
JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Yaman uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov qatnashdi.
"Muxlislarni va jurnalistlarni tabriklamoqchiman. Juda qiyin vaziyatda edik, futbolchilarga alohida rahmat. Barcha buni tushunib turgandi. Tezkor gol urdik va o‘yinni nazorat qildik. Shunday davom etishini istaymiz", - deydi Abramov.

- G‘alaba bilan tabriklaymiz, ammo negadir kayfiyatingiz yaxshi emasdek...
- Men shunday yoshdamanki...Bu shunchaki 3 ochko va hali oldinda uzoq yo‘l turibdi. Hali ko‘p muammolarimiz borligini ko‘rib turibman.

- Bugungi natijani aldamchi desak bo‘ladimi?
- Yo‘q, natija o‘yinga mos bo‘ldi. Raqib boshqa saviyadagi jamoa hisoblanadi.

- Sanjar Qodirqulov dastlab OTJ yig‘inida edi, keyinroq milliy terma jamoaga chaqirdingiz. Nega aynan Qodirqulov.
- U "Bunyodkor"da meni qo‘l ostimda o‘ynaydi, uning imkoniyatlarini bilaman. OTJ bilan bahsda qanday o‘ynashini kutdim va keyin uni milliy termaga chaqirdim. Agar bugun uning o‘yini chiqmaganida menga qanday tanqidlar bo‘lishini tushunib turibman. Masalan, Lutfulla To‘rayev bugun o‘ynaganida hech ham yomon o‘ynamasdi, ammo kuchli tanqidlar bo‘ldi va ruhiy holatini o‘ylab uni klubga qo‘yib yuborishga qaror qildim.

- Bugun markazdan deyarli hujum bo‘lmadi...
- Yaman ko‘pchilik bo‘lib himoyalandi va bunday himoyani yorib o‘tish uchun qanotlardan foydalanish kerak.

- Vitaliy Denisov keyingi rejalaringizdan o‘rin olganmi?
- Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Ammo hozir o‘z klubida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Maydonga tushishni boshlashi bilan uni kuzatamiz va balki termaga chaqiramiz. Qaysi futbolchida O‘zbekiston pasporti bo‘lsa ishoning uni termaga chaqirishimiz mumkin.

Narzulla Saydullayev yozib oldi

Manba: championat.asia

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Vadim Abramov: “Shogirdlarimni tanimay qoldim” 15 sen, 19:34
  • Vadim Abramov: "Bugun qiynaldik, chunki raqib himoyaviy o‘ynadi" 18 avg, 19:53
  • Abramov: "Futbolchilar g‘alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti" 20 apr, 21:02
  • Vadim Abramov: “Bugun milliy terma jamoa yoshlar jamoasiga qarshi oʻynagandek boʻldi” 31 mar, 19:46
  • Vadim Abramov: “Yaxshi o‘ynadik, ammo natijaga erisha olmadik” 26 avg, 20:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 106
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 124
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 147
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 118
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 194
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 225
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 265
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 388
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 482
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 506
  • Bo‘limlar