“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 23:49
ЎЗO‘Z

Bahodir Jalolov 6 may kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi

03 may, 09:30 2 191 Sport
Bahodir Jalolov 6 may kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi
Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori, endilikda Uzbek Tigers’ning sobiq a’zosi Bahodir Jalolov joriy yilning 5 may kuni (O‘zbekistonda esa 6 may tongida) professional boksda debyut qiladi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik bokschiga prof ringdagi ilk jangida meksikalik bokschi Ugo Truxilo raqiblik qiladi. Ugo bungacha professional faoliyati davomida 5 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (2 tasi nokaut bilan). Bitta jangda esa durang qayd etgan.

Shuningdek, o‘sha kuni yana bir boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Xurshidbek Normatov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Normatovga bu jangda kolumbiyalik Ronald Montes raqib bo‘ladi. Normatov prof boksda shu kungacha 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (2 tasi nokaut). Ronald esa 26 ta jang o‘tkazib, ulardan 18 tasida g‘alaba qozongan (16 ta nokaut). 8ta jangda esa u mag‘lubiyatga uchragan (7 tasi nokaut).

Jang AQShdagi Foxwoods Resort Casino arenasida bo‘lib o‘tadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Nodirjon Mirzaahmedov “Uzbek Tigers”ga ilk g‘alabani taqdim etdi 07 apr, 20:07
  • “Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” 2:3 24 mar, 09:54
  • Krishtianu Ronalduning katta o’g’li ukalariga enagalikni qilishni a’lo darajada uddalayapti 27 okt, 15:12
  • Burkina-Faso hamda Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik jarayoni boshlandi 21 avg, 13:43
  • Ronald Kuman “Barselona” uchun “Sautgempton”ni tark etmasligini ma’lum qildi 25 apr, 19:37
  • So'nggi yangiliklar
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 50
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 107
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 167
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 343
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 266
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 886
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 134
  • Bollivuddagi qaysi aktyor "otasining o'g'li"? 19 noya, 20:42 711
  • MIB gazning “mohir” o‘g‘rilarini fosh qildi 19 noya, 20:18 482
  • Kajol yangi roli orqali butunlay o'zgacha siymoni yaratdi 19 noya, 19:54 518
  • Bo‘limlar