“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 13:13
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura Gʻazalkentdagi qotillik boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi

09 mar, 23:12 4 458 Jamiyat
Bosh prokuratura Gʻazalkentdagi qotillik boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi
2019 yil 28 fevral kuni soat 22:40larda Boʻstonliq tumani IIB navbatchilik qismining xabariga koʻra, Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent shahri, Markaziy m.f.y., Chirchiq koʻchasi 34-uyda yashagan 15.01.1980 yilda tugʻilgan I.U.ning murdasi oʻz yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bundan tashqari, marhuma I.U.ning 03.11.2003 yilda tugʻilgan farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sanchilgan ogʻir tan jarohatlari bilan topilib, tuman koʻp tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 1 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 01.03.2019 yilda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

02.03.2019 yilda N.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat oʻrnatildi, deyiladi xabarda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Toshkentdagi tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi 02 mar, 20:17
  • Namanganlik ayol erini o‘ldirib, jazmani bilan ​Qozog‘istonga qochib ketdi​ 01 fev, 10:27
  • Chilonzor tumani hokimining uyini tunab ketishdi 11 dek, 21:37
  • Jamshid Kenjayev o‘limida ayblanib jami 4 kishi qo‘lga olingan (video) 11 avg, 23:30
  • Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan IIBB katta inspektori qamoqqa olindi 08 avg, 21:33
  • So'nggi yangiliklar
  • Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi 13 noya, 12:41 31
  • Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi 13 noya, 12:16 84
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi 13 noya, 11:52 438
  • “Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi 13 noya, 11:29 96
  • Mallasoch qora tanlilar haqida eshitganmisiz? 13 noya, 11:28 223
  • Atamboyev: «Qo‘rquv va xiyonat, razolat va yolg‘onga asoslangan hokimiyat hech qachon mustahkam bo‘lmaydi» 13 noya, 11:05 322
  • Safar Ostonov: "Xalqimiz qo‘yayotgan talabdan kelib chiqib baho bersak, birorta partiyaning faoliyatidan qoniqmayman" 13 noya, 10:40 257
  • MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi 13 noya, 10:17 142
  • Kuniga 40 ta sigaret chekadigan 2 yoshli bola haqida eshitganmisiz? 13 noya, 09:57 709
  • Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi 13 noya, 09:30 502
  • Bo‘limlar