“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:51
ЎЗO‘Z

Nega qon guruhlari farqli bo‘ladi va u nimalarda aks etadi?

11 sen, 23:36 1 061 Hayot tarzi
Nega qon guruhlari farqli bo‘ladi va u nimalarda aks etadi?
Qon guruhlari nimasi bilan o‘zgacha, rezus-faktor nima va bularning barchasi inson salomatligi va xarakteriga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida qiziqarli ma’lumotlar.

Qon guruhlarga bo‘linadi
Qonning tarkibi plazma va unda suzib yuruvchi hujayralardan — eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan tashkil topgan. Eritrotsit qobig‘ida yuzlab antigenlar, ya’ni glikoprotein yoki glikolipidlar mavjud bo‘lib, ularning borligi genetikaga aloqadordir. ABO tizimi uchun 2 xil antigen ahamiyatga ega: A va V. Aynan ularning borligi yoki yo‘qligi qon guruhini belgilab beradi.

A (II) qon guruhi — eritrotsitlar faqat A antigenlarini ishlab chiqaradi.
B (III) qon guruhi — faqat B antigenlari chiqariladi.
O (I) qon guruhi — na A antigeni, na B antigeni mavjud.
AB (IV) — A va B antigenlari bor.
Shuningdek, qon guruhlariga bog‘liq ravishda, plazmada alfa (anti-A) yoki beta (anti-V) antitelalari bo‘lishi mumkin. Ular begona antigenlar bilan kurashuvchi va immun javobni uyg‘ota oluvchi oqsil birikmasidir.

A (II) qon guruhi — zardobda anti-V antitelasi bor.
B (III) qon guruhi — zardobda anti-A antitelasi bor.
O (I) qon guruhi — anti-A ham, anti-V ham mavjud.
AB (IV) — anti-A ham, anti-V ham yo‘q.

Nima uchun qon quyish uchun uning qon guruhi muhim?
Agar A qon guruhidagi insonga V guruhdagi qon quyilsa, zardobdagi anti-V antitelasi donor qonidagi antigenlarga ta’sir bildira boshlaydi, ularga yopishadi va cho‘kindiga aylanadi — agglyutinatsiyalashadi. Buning natijasida tomirlar bekilib qolishi va o‘lim kuzatilishi mumkin.

Aynan shuning uchun donor tanlashda qon guruhi doimo inobatga olinadi.

1. Inson qoni A guruhiga mansub bo‘lsa, unga A va O guruhini quyish mumkin.
2. V guruhidagi insonga V va O qonini quyish mumkin.
3. Agar qon guruhi AV toifasiga kirsa, V va O turdagi qon quyiladi.
4. O guruhiga kiruvchi qon egalariga faqat O guruhidagi qon mos keladi.
Ammo ular har qaysi boshqa guruh uchun donor bo‘la oladi. Axir ularda antigen yo‘q, bu degani ularga qarshi na alfa, na beta antitelalari kurashga kirishadi.
Biroq qon quyishda uning guruhidan tashqari, rezus-faktori ham muhim.

Rezus-faktor nima?
Rezus-faktor — eritrotsitlar yuqori qavatidagi D-antigen oqsillari. Agar sizda shunday oqsil mavjud bo‘lsa, rezus-faktor musbat bo‘ladi (Rh+), agar yo‘q bo‘lsa — manfiy (Rh–).
Manfiy Rh’li insonga D-antigenli qon quyilsa, uning organizmi D-antitelasini ishlab chiqara boshlaydi. Bu eritrotsitlarni vayron qiladi. Shuning uchun rezus-manfiyga mos keluvchi guruh qonini har qanday insonga quyish mumkin, rezus-musbatli qonni faqatgina Rh+’li insonlarga quyiladi. Vaholanki, yer yuzida manfiy rezus-faktorli qon uruhiga mansub insonlar rezus-musbatlarga qaraganda ancha kam — atigi 15 foiz.

Qon quyishdan tashqari, Rh–’li insonlar o‘zlaridagi noyoblikni homiladorlikni rejalashtirish vaqtida ham inobatga olishlari zarur. Agar Rh– qonli ayolda Rh+ qonli homila paydo bo‘lsa, u ona qoni bilan oz bo‘lsada aloqaga kirishadi va natija antitela ishlab chiqilishiga olib keladi. Bu birinchi homiladorlikda muammo tug‘dirmaydi, ammo ikkinchi va keyingi homiladorlikda Rh+ homila paydo bo‘lsa, antitela yo‘ldosh orqali o‘tishi natijasida bola qoni hujayralariga zarar yetadi va anemiya rivojlanadi.

Qon guruhi va rezus-faktor qanday aniqlanadi?
Laboratoriya tahlili o‘tkaziladi: qon namunasiga alfa va beta reagentlari qo‘shiladi va reaksiya kuzatiladi.
Agar qonda A antigeni bo‘lsa, anti-V qo‘shilishi bilan eritrotsitlar cho‘ka boshlaydi, va aksincha — anti-A qo‘shilishi bilan V antigenli qon cho‘kadi. AV guruhidagi qon hech qanday antitelaga reaksiya bildirmasa, O guruhi har qanday tipdagi antitelaga ta’sirchandir.

Xuddi shu holat rezus-faktorlar bilan ham takrorlanadi: qonga anti-D qo‘shiladi. Agar o‘zgarish kuzatilsa demak insonda Rh+, yo‘q bo‘lsa — Rh–.

Qon guruhlari yana biror narsada ta’sir ko‘rsatadimi?
Qon guruhiga qarab xarakterni aniqlashga, parhez va kasb tanlashga harakat qilishadi. Bu asosan Yaponiyada keng tarqalgan — ularda hamkasb va juft tanlash, ovqat va hatto sochiq sotib olishda ham qon guruhi ahamiyatga olinadi.

Chris Gladis/Flickr.com
Bu klassifikatsiyalar munajjimlar bashorati darajasidadir — kimdir ishonadi, ammo isbot yo‘q. Biz ilmiy izlanishlarga asoslangan ba’zi bog‘liqliklarni ko‘rib chiqamiz.

Ovqat hazm qilish
Qon guruhi organizmning lektinlarni muammosiz hazm qilish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Lektinlar — donlar, dukkaklilar, sut, dengiz mahsulotlari va tuxum.

Masalan, lima loviyasi ekstrakti faqatgina A guruhidagi eritrotsitlar birlashishini uyg‘otadi, uzunchoq po‘stli dukkaklilar esa faqat O guruhi eritrotsitlarda. Biroq ko‘plab lektinlar barcha qon guruhlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qayta ishlangan dukkaklilarda lektinlar parchalanadi va hech qaysi qon guruhidagi odamga zarar bermaydi.

Shuningdek, qon guruhlari yog‘li ovqatlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. A va AV qon guruhili insonlarda ishqor fosfotazlari ya’ni fosfor va yog‘ kislotalari metabolizmi uchun muhim bo‘lgan fermentlar O va V guruhiga nisbatan sezilarli darajada kam. Bu keyingi ta’kidlangan guruhlar yog‘li ovqatni hazm qilish qobiliyatiga egaligini ko‘rsatadi.

Salomatlik
Qon guruhi ba’zi kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Yurak-qon tomir kasalliklari (YuQK)
O guruhiga kiruvchi insonlarning yurak kasalliklariga chalinish darajasi 11 foiz kam va YuQK xavfi ham juda ozdir. O guruhi bilan solishtirganda A qon guruhidagilar miokard infarktini ko‘proq boshdan kechirishsa, V guruhida ishemik insult va venalar trombozi xavfi yuqori.

Saraton
A (II) qon guruhi. Oshqozon raki va Helicobacter pylori — oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi bakteriya bilan zararlanish xavfi yuqori.
B (III) qon guruhi. Oshqozon osti bezi, qizilo‘ngach, o‘t yo‘llari saratoni xavfi yuqori.
AB (IV) qon guruhi. Oshqozon osti bezi saratoni xavfi yuqori.
O (I) qon guruhi. Teri raki xavfi yuqori, oshqozon va oshqozon osti bezi saratoni xavfi kam.
Olimlar to‘g‘ri ichak, ko‘krak bezi saratoni va qon guruhlari o‘rtasida bevosita aloqa topishmagan. Ammo saratonning bu turlari inson hayot tarziga jiddiy bog‘liqdir.

Jismoniy ko‘rsatmalar
Qon guruhi jismoniy ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatadi: kuch, quvvat, tezlik va harakatlarning mosligi. Quyida biz ma’lum bir qon guruhi vakillari qanday tavsifga egaligi va qaysi sport turida omad qozonishi mumkinligi ehtimollarini ko‘rib chiqamiz.

O (I) qon guruhi
Bu qon guruhidagi insonlarni sportchilar, ayniqsa yengil atletikachilar va kurashchilar orasida tez-tez uchratish mumkin. Ular chidamli va turli sport turlarida tez omadga erishishadi. I qon guruhidagi insonlar portlash harakteridagi ishlarga moyil: sprint, yakkakurash, og‘ir atletika.
Tavsiya: yengil atletika, qisqa masofaga yugurish, yakkakurash, og‘ir atletika.

A (II) qon guruhi
Ikkinchi qon guruhidagi odamlar jang san’atida kam tayyorgarlikka ega bo‘lishadi, biroq texnik tomondan qiyin bo‘lgan sport turlarida muvaffaqiyat qozonishadi. A (II) qon guruhidagi insonlarning ko‘p foizi og‘ir atletikachilar va gimnastikachilar, o‘yin sport turlari orasida uchratiladi.
Tavsiya: og‘ir atletika, gimnastika, tennis, futbol, voleybol, hokkey, basketbol.

B (III) qon guruhi
Yuqori tezlik va koordinatsiya, yuqori tayyorgarlik ushbu guruh vakillari qisqa vaqtda katta natijalarga erishishida ko‘mak beradi. Uchinchi guruh qoni sohiblari yakkakurash va tezlik muhim bo‘lgan boshqa sport turlarida omad qozonishadi.
Tavsiya: boks va boshqa yakkakurashlar, funksional ko‘pkurash.

AB (IV) qon guruhi
IV guruh qon egalari uchun kuch xarakterlidir. Bu insonlarga kuch muhim, ammo harakat tezligi ahamiyatsiz.
Tavsiya: pauerlifting, strongmen.

Bu ma’lumotlardan sport turini tanlashda foydalanish mumkin, biroq uni buzib bo‘lmas qoida sifatida qabul qilish yaramaydi. Chunki g‘alaba qozonishga imkon beruvchi boshqa ko‘rsatkichlar ham mavjud, masalan ma’lum tipdagi mushak to‘qimalari va asab tizimi.

Agar siz musobaqalashish va sport sohasida faoliyat ko‘rsatish fikridan yiroq bo‘lsangiz, ushbu o‘ziga xos xususiyatlar haqida unuting va o‘z xohish-istaklaringizga ko‘ra bir mashg‘ulotni tanlang.

Siz qon guruhingizdan qat’i nazar har qanday sport bilan havaskor darajada shug‘ullanishingiz, salomatligingizni asrashingiz va mashg‘ulotlardan zavq olishingiz mumkin.

Shaxsiyat
Mashhur psixologik testlar orqali qon guruhlari va inson shaxsiyati orasidagi aloqani aniqlashga bir necha bor urinib ko‘rilgan.
Avstraliyalik 240 nafar erkak va ayol qatnashgan tadqiqotda hech qanday bog‘liqlik topilmagan. Bu na kanadalik olimning 400 kishilik va na amerikalik izlanuvchining 2,5 ming nafardan ortiq Tayvan talabalari ishtirok etgan tahlillarida o‘z ifodasini topgan.

Hatto yapon olimlari ham qon guruhlari va shaxsiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik 0,3 foizdan kam degan fikrga kelishgan. Shunday qilib, qon va xarakter o‘rtasida uzviy aloqa haqidagi fikrni olg‘a surishga hech qanday jiddiy asos yo‘q.

Xulosalar
Qon quyishda u mansub bo‘lgan guruh va rezus-faktor ahamiyatlidir. Agar qon guruhi mos kelmasa, agglyutinatsiya — eritrotsitlar yopishishi boshlanishi mumkin.
Qon guruhlari ovqat hazm qilishda ba’zi ta’sirlarga ega, biroq guruhlar bo‘yicha parhez tashkillashtirish o‘zining samarali ta’sirini ko‘rsatmagan.
Qon guruhlari YuQK xavfiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ammo ushbu kasalliklar kelib chiqishining ma’lum omili hisoblanmaydi.
Qon guruhlarining kishi xarakteriga ta’siri aniqlanmagan va shaxsiyatni belgilamaydi.

Internet materiallari asosida N. Karshiyeva tayyorladi

Manba: Kun.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Olimlar qarishni sekinlashtiradigan moddani aniqlashdi 03 okt, 15:42
  • O‘zbekiston chempionatida yana bir liga paydo bo‘ladi 21 iyul, 08:30
  • Nega insonlarning qon guruhlari har xil? 15 iyul, 19:36
  • Shifo maslahat: Er-xotin rezus faktori mщs kelmasa... 03 okt, 11:33
  • Inson organizmi haqida 40 ta qiziqarli ma’lumot: ikkinchi o‘ntalik 02 sen, 16:40
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar